Space X yana 60ta Starlink sun'iy yo‘ldoshini orbitaga olib chiqdi. Ularning soni 420taga yetdi

Foto: Space X
Space X fazoviy kompaniyasiga tegishli Falcon 9 raketa-tashuvchisi yangi internet tarmog‘ini shakllantiruvchi Starlink sun'iy yo‘ldoshlarining navbatdagi partiyasini orbitaga olib chiqdi. Bu haqda Space X rasmiy sahifalarida ma'lum qilindi.
Xuddi 18 martda bo‘lgani kabi bu gal ham 60ta mini suniy yo‘ldosh orbitaga olib chiqilgan. Space X muassisligidagi Starlink internet tarmog‘i uchun mo‘ljallangan bunday sun'iy yo‘ldoshlar soni orbitada 420taga yetdi. Ularning barchasini dunyoning eng yirik kosmik kompaniyasiga aylangan Space X koinotga olib chiqqan.
Toshkent vaqti bilan 22 aprelga o‘tar kechasi 00:30da raketa parvozini boshladi va 15 daqiqa o‘tib 60ta sun'iy yo‘ldosh Yerdan 212-386 km balandlikda joylashtirildi. Space X injyenerlarining nazoratidan so‘ng har biri 260 kg keladigan sun'iy yo‘ldoshlar o‘zida o‘rnatilgan ionli dvigatellar yordamida 550 km balandlikka ko‘tariladi.
Ma'lumot uchun, Space X umumiy hisobda yettinchi marta ushbu turdagi muvaffaqiyatli parvozni amalga oshirdi va natijada 420ta sun'iy yo‘ldosh koinotga olib chiqildi. Bu galgi parvozdan 30 daqiqa o‘tib Falcon 9 raketa-tashuvchisi odatdagidek Atlantika okeanida joylashgan «Of Course I Still Love You» (tarjimasi «Albatta, men hamon seni sevaman») nomli suzuvchi platformada muvaffaqiyatli qo‘nishni amalga oshirgan.
Shu o‘rinda Falcon 9 ko‘p marta foydalanilgan ilk raketa-tashuvchi ekanini ta'kidlash kerak. U to‘rtinchi marta orbitaga parvozni amalga oshirdi.
Space X bunday sun'iy yo‘ldoshlarning kamida 12 ming (ko‘pi bilan 30 ming) donasini koinotga olib chiqishni va bu orqali Starlink arzon internet tarmog‘ini tuzishni rejalashtirgan. Agar bu ish amalga oshsa, Starlink butun Yer aholisiga keng polosali, sifatli va arzon internetdan foydalanish imkonini beradi.
10 milliard dollarga baholanayotgan bu loyiha 2020 yildayoq Shimoliy Amerikani internet bilan ta'minlashni boshlashi mumkin. 2021 yilda esa loyiha butun dunyoni qamrab olishi maqsad qilingan. Space X xo‘jayini Ilon Maskning aytishicha, yana kamida 60 ta sun'iy yo‘ldosh ortilgan oltita muvaffaqiyatli parvozni amalga oshirgandan so‘ng ta'minotni boshlash haqida o‘ylash mumkin.
Falcon 9 parvozining to‘liq tafsilotini ushbu videoda ko‘rishingiz mumkin.
Tavsiya etamiz
Aprelda qanaqa ob-havo kutilyapti?
O‘zbekiston | 12:09 / 28.03.2025
AQShda Isroilni tanqid qilgan turk talaba qo‘lga olindi
Jahon | 22:36 / 27.03.2025
Karmanada maktab o‘quvchisi oliygohga kirish uchun muddatidan avval maksimal ballni to‘pladi
Jamiyat | 20:18 / 27.03.2025
“Kontraktga kirsang o‘qita olmaymiz deyishgan” – orzular yo‘lida stereotiplarni yengib o‘tgan navoiylik qiz hikoyasi
Jamiyat | 20:50 / 25.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Andijondagi masjidda ro‘y bergan portlash yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
O‘zbekiston | 22:12
-
Xitoy, Yaponiya va Janubiy Koreya AQSh bojlariga qo‘shma javob tayyorlamoqda
Jahon | 21:50
-
Eron oliy rahbari agar AQSh zarba bersa, keskin javob qaytarilishini ma’lum qildi
Jahon | 21:38
-
WSJ: Trampning maslahatchisi Mayk Uols Signal messenjeri chatlarida Rossiya-Ukraina urushini muhokama qilgan
Jahon | 21:37
Mavzuga oid

23:45 / 18.03.2020
Space X navbatdagi 60 ta sun'iy yo‘ldoshini orbitaga chiqardi

22:40 / 22.02.2018
Internetga global ulanish tizimining ilk sun'iy yo‘ldoshlari orbitaga yetkazildi

17:35 / 11.02.2018
Ilon Maskning Falcon Heavy parvozidan so‘nggi ilk reaksiyasi aks etgan suratlar paydo bo‘ldi

17:41 / 08.11.2016