Andijondagi masjidda ro‘y bergan portlash yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Viloyat prokuraturasining aniqlashicha, portlash quvurdan sizib chiqqan gaz xona ichiga to‘planib qolishi natijasida, elektr energiyasi yoqilgan vaqtda sodir bo‘lgan.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Andijon viloyati prokuraturasi Izboskan tumanida joylashgan masjidda yuz bergan portlash yuzasidan mas’lumot berdi.
Aniqlanishicha, Izboskan tumanda joylashgan «Ahmadali xoji» masjidining tahoratxona binosi yerto‘lasida isitish moslamalariga ulangan gaz quvurlaridan sizib chiqqan tabiiy gaz xona ichiga to‘planib qolishi natijasida, elektr energiyasi yoqilgan vaqtda chaqnash sodir bo‘lib, bino qulab tushgan.
Natijada bino ichida bo‘lgan 10 nafari shaxs turli darajada tan-jarohatlari olgan va 3 nafar fuqaro voqea joyida vafot etgan.
Holat yuzasidan Andijon viloyat prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 205 (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish), 259-moddalari (yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
«Tergov harakatlari davomida barcha xolatlar to‘liq o‘rganilib, qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi», — deyiladi xabarda.
Oldinroq Andijondagi masjidda sodir bo‘lgan portlash yuzasidan hukumat komissiyasi tuzilgani, komissiyaga bosh vazir o‘rinbosari Ochilboy Ramatov boshchilik qilishi to‘g‘risida xabar berilgandi.
Mavzuga oid

23:19 / 31.03.2025
Andijonda masjidda gaz portladi. Asosiy ma’lumotlar

20:57 / 31.03.2025
Andijondagi masjidda sodir bo‘lgan portlash yuzasidan hukumat komissiyasi tuzildi

18:12 / 31.03.2025
Izboskandagi portlash oqibatida 3 kishi halok bo‘lgan - FVV

13:46 / 31.03.2025