Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Karmanada maktab o‘quvchisi oliygohga kirish uchun muddatidan avval maksimal ballni to‘pladi
Karmana tumanida maktab o‘quvchisi bitta chet tilini bilish sertifikatini hamda uchta fandan milliy sertifikatni qo‘lga kiritdi. Bu xorijiy til yo‘nalishi bo‘yicha oliy o‘quv yurtiga hujjat topshirishni rejalashtirayotgan o‘quvchi qizga davlat imtihonlaridan olish mumkin bo‘lgan eng yuqori ballni taqdim etadi.

Karmana tumanidagi 10-umumta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi Gulasal Erkinova maktab partasidayoq talaba bo‘lishni uddaladi. U davlat imtihonlaridan olish mumkin bo‘lgan maksimal ballni to‘plab qo‘ydi. Bu haqda Kun.uz’ga tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Gulasal Erkinova o‘tgan o‘quv yilida chet tilini bilish sertifikatini hamda qo‘lga kiritgan.
Joriy o‘quv yilida esa matematika, tarix hamda o‘zbek tili va adabiyoti fanlaridan milliy sertifikatga ega chiqqan.
Shuningdek, Karmana tumanidagi 5-IDUMning 11-sinf o‘quvchisi Maftuna Dilmurodova ham chet tilini bilish sertifikati hamda uch fandan milliy sertifikatni qo‘lga kiritgan. Bu xalqaro iqtisodiyot yo‘nalishi bo‘yicha oliygohga hujjat topshirishni rejalashtirayotgan Maftuna 182 ballni naqd qildi degani.
Milliy sertifikat nima?
Sertifikat – umumta’lim fanlari bo‘yicha talabgorning bilimini aniqlab berish uchun mo‘ljallangan sinov. Hozirgi paytgacha matematika, fizika, kimyo, biologiya, ona tili va adabiyot, rus tili, qoraqalpoq tili va adabiyoti, tarix va geografiya bo‘yicha sertifikat imtihonlari o‘tkazildi.
Test sinovi natijasi bo‘yicha eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan shaxslarga 3 yil muddatga amal qiluvchi sertifikat taqdim etiladi.
Tegishli tartibga ko‘ra, umumta’lim fanlaridan A+, A darajali milliy sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentga bu fandan maksimal ball, B+, B, C+, C darajali milliy sertifikatlarga ega bo‘lgan abituriyentga esa tegishli majburiy fanlar bo‘yicha belgilangan eng yuqori ball beriladi.
Gulasal Erkinova chet tilini bilish sertifikatiga ega. O‘zbek tili va adabiyoti fanidan sertifikat darajasi A+. Matematika va tarix fanlaridan esa S+ va S darajali sertifikatni qo‘lga kiritgan.
O‘tgan yili ham navoiylik o‘quvchi qiz Munavvara Cho‘liyeva 6 ta fandan milliy sertifikat olib, kirish imtihonlari uchun oldindan maksimal 189 ball yig‘gandi.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 13:18 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Zaruratdan muvaffaqiyatgacha: Ayol uchun “Me‑time” qanchalik muhim?
Jamiyat | 13:47
-
AQSh Ukrainaga ayrim turdagi qurollarni yetkazib berishni qayta tikladi
Jahon | 13:37
-
Maxtumquli ko‘chasida yangi qurilayotgan binoda yong‘in sodir bo‘ldi
Jamiyat | 13:31
-
Toshkent viloyatida 4 gektar bo‘sh yer maydonini 420 ming dollarga sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi
Jamiyat | 13:27
Mavzuga oid

15:45 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi

21:59 / 07.07.2025
Magistraturaga hujjatlar qabuli boshlandi

08:09 / 07.07.2025
Ixtisoslashtirilgan maktablarning kirish imtihonlari 3 smenada bo‘lib o‘tadi

13:30 / 05.07.2025