USAID hamkorligida SWISSAGRO qo‘shma korxonasi Farg‘onada yangi ishlab chiqarish quvvatini yo‘lga qo‘ydi

O‘zbekiston 15:59 / 03.02.2025 3930

2025 yilning 28 yanvar kuni SWISSAGRO qo‘shma korxonasi Farg‘ona shahridagi o‘simliklarni ximoya qilish vositalari va kompleksli mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish korxonasida yangi ishlab chiqarish quvvatini ishga tushirdi. Bu loyiha mintaqadagi oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilariga sifatli va arzon o‘g‘itlar yetkazib berish maqsadida amalga oshirildi.

USAID dasturi orqali yangi uskunalar o‘rnatildi

Amerika Qo‘shma Shtatlari Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) tomonidan taqdim etilgan, qiymati deyarli 530 000 AQSh dollariga teng bo‘lgan yangi uskunalar, SWISSAGRO qo‘shma korxonasiga soatiga 10 tonna granulali kompleksli mineral o‘g‘it ishlab chiqarish imkonini beradigan yangi liniyani ishga tushirishga yordam berdi. Yangi ishlab chiqarish quvvati, shuningdek, 25 ta yangi ish o‘rni yaratishga ham sabab bo‘ldi.

Ishlab chiqarish hajmining oshirilishi

SWISSAGRO qo‘shma korxonasi, yillik 40 000 tonna kompleksli NPK mineral o‘g‘itlari ishlab chiqarishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi. Mahsulotning yarmidan ko‘pi Markaziy Osiyo, Kavkaz va Boltiqbo‘yi mamlakatlariga eksport qilinishi kutilmoqda.

“Maqsadimiz – mahalliy qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarining talabini yuqori sifatli, xavfsiz, yuqori samarali innovatsion va jahon talablariga javob beradigan o‘g‘itlarga arzon narxlarda qondirishdir. USAID bilan hamkorlik - mintaqada savdo, oziq-ovqat xavfsizligi va iqtisodiy o‘sishni yaxshilash yo‘lidagi muhim qadamdir. Ishonchimiz komilki, ushbu yangi korxona nafaqat kompaniyamiz, balki O‘zbekistonning qishloq xo‘jaligi uchun ham foyda keltiradi”, - dedi kompaniya direktori Nodirbek Hojiboyev.

SWISSAGRO: innovatsiyalar va sifatga intilish

SWISSAGRO qo‘shma korxonasining yangi ishlab chiqarish quvvati mahalliy qishloq xo‘jaligi uchun foyda keltiradi. USAID bilan hamkorlik, mintaqada savdo, oziq-ovqat xavfsizligi va iqtisodiy o‘sishni yaxshilashga qaratilgan muhim qadam bo‘lib, agentlik O‘zbekiston bo‘ylab 7000 ga yaqin fermerga o‘g‘itlardan samarali foydalanish va hosildorlikni oshirish bo‘yicha ko‘mak bergan.

SWISSAGRO MChJ – O‘zbekistondagi zamonaviy o‘simliklarni kimyoviy himoya qilish vositalari va murakkab mineral o‘g‘itlar ishlab chiqaruvchi korxona bo‘lib, 2019 yilda O‘zbekiston Respublikasi hukumati ko‘magida tashkil etilgan. Kompaniya, tashqi investitsiyalar orqali, O‘zbekistonning qishloq xo‘jaligi sohasini mustahkamlashga va mintaqaviy iqtisodiy rivojlanishga hissa qo‘shishda davom etmoqda.

Qo‘shimcha ma’lumot: Web sahifa: https://swissagrouzb.com/

Aloqa uchun: Telefon: +998904057099, Ye-mail: info@swissagro.com

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: