Xorazm lazgisi va Buyuk ipak yo‘lining O‘zbekistondan o‘tgan qismi YuNeSKO ro‘yxatiga kirishga da'vo qilyapti

Foto: Madaniyat vazirligi
Davlatlararo qo‘shma loyiha doirasida Buyuk ipak yo‘lining mamlakatimizdan o‘tgan qismini «Ipak yo‘li — Zarafshon daryosi vohasi», «Ipak yo‘li — Sirdaryo, Farg‘ona vohasi» nomi ostida YuNeSKOning umumjahon madaniy meroslar ro‘yxatiga kiritish vazifasi belgilangan.
«Navoiy viloyatidagi Sarmishsoy yodgorligi va o‘zbek san'atining ko‘hna namunasi bo‘lgan Xorazm lazgisini YuNeSKOning insoniyat nomoddiy madaniy merosining reprezantativ ro‘yxatiga 2 yil ichida kiritish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni ko‘rish belgilangan. Mutaxassislardan iborat ishchi guruhni tuzib, ma'lumotlarni to‘plab, YuNeSKOga taqdim etish bo‘yicha ishlar boshlangan», – deydi vazir.
Konsepsiyani amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha 8ta bo‘lim, 52ta banddan iborat 2019-2020 yillarga mo‘ljallangan yo‘l xaritasi ishlab chiqildi. Barcha mahalliy boshqarmalar qachon va qay tarzda bajarilishi belgilangan yo‘l xaritasiga muvofiq ish olib borishi belgilangan.
2018 yil Shahrisabz tarixiy markazining YuNeSKO Umumjahon merosi ro‘yxatidan chiqarilishi YuNeSKO Umumjahon merosi qo‘mitasi (UMQ)ning 42-sessiyasida favqulodda muhokama etilgandi. O‘shanda O‘zbekiston Bosh vazir o‘rinbosari qo‘mita a'zolariga O‘zbekiston hukumati madaniy merosni saqlab qolish uchun «yo‘l xaritasi»,shuningdek YuNeSKOning Toshkentdagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda Xalqaro maslahatchi ekspertlar guruhini tuzish rejalari haqida gapirgan. Uzoq muhokamalardan so‘ng, Shahrisabz ro‘yxatda qolishi ma'lum qilindi.
«Sahrodagi qasrlar, Sarmishsoy qoyatosh rasmlari, Xonbandi, Zarautsoy qoyatosh rasmlari, qadimiy Termiz obektlarini YuNeSKO ro‘yxatiga kiritish masalasini 2019-2020 yillarda ko‘rib chiqish zarur.
YuNeSKOga kirgan oxirgi obekt Samarqand shahri bo‘lib, bu 2001 yilda amalga oshgan edi. Shundan beri bu borada hech qanday ish bajarilmadi», – deydi Madaniyat vazir.
Ma'lumot uchun, O‘zbekiston BMTning Ta'lim, fan va madaniyat bo‘yicha tashkiloti – YuNeSKOga 1993 yil 26 oktyabrda a'zo sifatida qabul qilingan. Shu kunga qadar, mamlakat hududidagi 4ta tarixiy-madaniy qiymatga ega markazlar – Ichan qal'a, Shahrisabzning tarixiy markazi, Samarqand, Buxoroning tarixiy markazi YuNeSKO alohida ro‘yxatiga olingan. Shuningdek, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston umumiy chegarasida joylashgan Tyan-Shan tabiat maskani ushbu ro‘yxatga kiritilgan.
Tavsiya etamiz
Aprelda qanaqa ob-havo kutilyapti?
O‘zbekiston | 12:09 / 28.03.2025
AQShda Isroilni tanqid qilgan turk talaba qo‘lga olindi
Jahon | 22:36 / 27.03.2025
Karmanada maktab o‘quvchisi oliygohga kirish uchun muddatidan avval maksimal ballni to‘pladi
Jamiyat | 20:18 / 27.03.2025
“Kontraktga kirsang o‘qita olmaymiz deyishgan” – orzular yo‘lida stereotiplarni yengib o‘tgan navoiylik qiz hikoyasi
Jamiyat | 20:50 / 25.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Katta AESga qaytish, sun’iy navbat ajiotaji va kechiktirilgan tariflar - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 20:40
-
O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt ko‘rgazmasiga tashrif buyurdi
O‘zbekiston | 20:01
-
Renessans ta’lim universiteti tomonidan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi
O‘zbekiston | 19:15
-
“Hanuz Erdo‘g‘andek kuchli lider Turkiyada yo‘q” - siyosiy tahlilchi bilan suhbat
Jahon | 18:25
Mavzuga oid

17:24 / 22.03.2025
Mirziyoyev Samarqandda xalqaro turizm markazidagi bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirdi

14:46 / 12.03.2025
Shavkat Mirziyoyev Parijda YuNeSKO bosh direktori bilan uchrashdi

13:48 / 05.12.2024
Rubob yasash butunjahon madaniy merosi deb e’tirof etildi

19:28 / 11.10.2024