O‘zbekiston | 20:01 / 29.03.2025
4305
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt ko‘rgazmasiga tashrif buyurdi

Davlat rahbarlariga mazkur sohalardagi ilg‘or yechimlar va innovatsion ishlanmalar haqida axborot berildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev birgalikda Olmaotada «AlmatyFair.ai» raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt ko‘rgazmasiga tashrif buyurdi.

Davlat rahbarlariga mazkur sohalardagi ilg‘or yechimlar va innovatsion ishlanmalar haqida axborot berildi.

Qozog‘iston prezidenti tashabbusi bilan tashkil etilgan «Alem.ai» sun’iy intellekt markazining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Alem.ai - sun’iy intellekt sohasida mutaxassislarni o‘qitish, startaplarni ishga tushirish va ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish uchun platforma.

Yetakchilar Markaziy Osiyodagi eng yirik texnoparklar birlashmasi - «Central Asian Innovation Hubs» («Astana Hub» va «IT Park Uzbekistan») faoliyati bilan ham tanishdilar.

Prezidentlar raqamlashtirish sohasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma IT mahsulotlarini yaratish, sun’iy intellekt va ilg‘or axborot texnologiyalari sohasidagi milliy strategiyalarni o‘zaro bog‘lash muhimligini ta’kidladi.

Mavzuga oid