O‘zbekiston | 19:15 / 29.03.2025
3468
4 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Renessans ta’lim universiteti tomonidan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi

Poytaxtimizda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi boshchiligida Renessans ta’lim universiteti tomonidan oliy ta’lim sohasidagi zamonaviy tendensiyalar, xalqaro tajribalar va innovatsion yondashuvlarni tahlil qilish, ularni milliy ta’lim tizimiga moslashtirish yo‘llarini muhokama qilish maqsadida “Oliy ta’limni tashkil etishda xorijiy tajribalar: transformatsiya va innovatsiyalar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya  tashkil etildi.

Xalqaro konferensiya qamrovi va geografiyasi ham ancha keng bo‘ldi. Xususan, xalqaro konferensiya ishida mamlakatimizdagi 100 dan ortiq mahalliy vazirlik va idoralar, oliy ta’lim muassasalari vakillari bilan birgalikda, dunyoning Amerika Qo‘shma Shtatlari, Germaniya, Fransiya, Janubiy Koreya, Shvetsiya, Rossiya, Meksika, Finlandiya, Bolgariya, Xitoy, Turkiya, Hindiston, Pokiston, Eron, Markaziy Osiyo hamda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligidavlatlaridagi nufuzli yetakchi oliy ta’lim muassasalari rektorlari, professor-o‘qituvchilari, taniqli olimlar, xalqaro ekspertlar, YuNeSKO kabi xalqaro tashkilotlarning mutaxassislari ishtirok etdi.

Jumladan, YuNeSKOning O‘zbekistondagi vakili, Amerikaning nufuzli Jons Hopkins universiteti, Germaniyaning Drezden texnik universiteti, Rossiyaning Qozon federal universiteti, Finlandiyaning Yuvaskula kabi ilg‘or oliygohlaridan  taniqli professorlar qatnashib, samarali muloqot olib bordi.

Xalqaro konferensiyasi doirasida mamlakatimiz va xorijdagi taniqli olimlar ishtirokida ilmiy ma’ruzalar taqdim etildi. Ushbu ma’ruzalarda oliy ta’lim tizimini takomillashtirish, innovatsion yondashuvlar joriy etish va xorijiy tajribalarni o‘rganish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, tadbir doirasida ta’lim sohasidagi xalqaro hamkorlikni kuchaytirish, zamonaviy pedagogik texnologiyalar va transformatsiya jarayonlarini amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha tajriba almashildi va istiqbolli loyihalar muhokama qilindi.

Finlandiyadan tashrif buyurgan professor Ilhom Halimzoda Xalqaro konferensiya to‘g‘risida iliq fikrlarni bildirdi:

“Ushbu xalqaro konferensiya meni juda xursand qildi. Unda turli mamlakatlardan ko‘plab mutaxassislar ishtirok etib, o‘z tajribalarini o‘rtoqlashdi. Qiziqarli munozaralar tashkil etildi. O‘ylaymanki, bu kelgusida ta’lim tizimimizni yanada rivojlantirish uchun xizmat qiladi”.

Konferensiya oliy ta’limni transformatsiya qilish va xalqaro tajribani joriy etish bo‘yicha muhim muloqot maydoni bo‘lib xizmat qildi. Konferensiya yakunida xalqaro ta’lim va tadqiqot muassasalari o‘rtasida hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar hamda loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Shuningdek, ta’limda raqamlashtirish va sun’iy intellekt imkoniyatlarini kengaytirish, xalqaro ta’lim standartlari va baholash tizimlarini integratsiyalash, yetakchi xorijiy universitetlarning ilg‘or tajribasini O‘zbekiston oliy ta’lim tizimiga tatbiq etish bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqildi.

Xalqaro konferensiya joriy yil 29 mart kuni Samarqand shahrida o‘z ishini olib boradi.

Ma’lumot uchun:

Renessans ta’lim universiteti haqida

Renessans ta’lim universiteti 2022 yilda ta’sis etilgan bo‘lib, u zamonaviy va innovatsion yondashuvlar asosida sifatli ta’limni ta’minlashga yo‘naltirilgan.

Bugungi kunda universitet 3 ta fakultet, 10 ta kafedra va 32 ta ta’lim yo‘nalishiga ega bo‘lib, unda 300 dan ortiq professor-o‘qituvchi faoliyat yuritmoqda. Universitet Indoneziyaning “UI Green Metric World University Rankings” reytingida yuqori o‘rinni egallagan.

📄 Litsenziya (№331657; 18.11.2022)

📞 Murojaat uchun:
555067007 | @RTUadmin

📍Toshkent, Charxnovza 17.

Telegram | Instagram | Vebsayt

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid