Renessans ta’lim universitetida Xitoy bilan hamkorlikda “Xalqaro ta’lim o‘qitish markazi” ochildi

O‘zbekiston 11:51 / 03.05.2024 2564

Xitoyning Shinjon hukumati va texnologiyalar boshqarmasi tomonidan 36 nafar mutaxassislardan iborat Xitoy ilmiy-texnik delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Delegatsiya a’zolari mamlakatimizdagi Innovatsiyalar va sun’iy intellekt sanoat parkiga va Renessans ta’lim universitetida bo‘lib, samarali muzokaralar olib borishdi. Xitoyning Shinjon texnologiya universiteti va Renessans ta’lim universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolanib, memorandum doirasida “Xalqaro ta’lim o‘qitish markazi” ochildi.

“Bugun biz delegatsiyamiz bilan Renessans ta’lim universitetiga keldik. Shinjon texnologiya universiteti bilan Renessans ta’lim universiteti o‘rtasida memorandum imzolandi va “Xalqaro ta’lim o‘qitish markazi” ochildi. Bu yerga kelganimizda bizni universitet rektori va xodimlar judayam iliq va mehmondo‘stlik bilan kutib olishdi. Universitet ochilganiga hali ko‘p bo‘lmasada, qisqa vaqt ichida ko‘plab yo‘nalishlarda talabalarga bilim berib yaxshi rivojlanishga erishibdi.

Bizning oldimizdagi vazifa endi Renessans ta’lim universiteti va Shinjon texnologiya universitetlari tomonidan imzolangan hamkorlik shartnomasini amaliyotda ham tezroq yo‘lga qo‘yishdir.

Biz universitetdagi ko‘plab talabalar xitoy tilini yaxshi o‘qib, Xitoyga borib biz bilan birga ishlashiga umid qilamiz. Shu bilan birga, tez orada o‘qituvchi va talabalar almashinuvi dasturlarini yo‘lga qo‘yamiz” dedi Urumchi texnologiyalar vazirligi boshlig‘i Jin Fujiang.

 Yuqori malakali bakalavriat talabalarini kunduzgi, sirtqi va kechki ta’lim shakllarda, shuningdek, ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha o‘zbek, rus va ingliz tillarida tayyorlashni maqsad qilgan universitetda 10 mingga yaqin talabalar tahsil olishadi. Ularga mahalliy va xorijiy mamlakatlarning nufuzli universitetlari bitiruvchilari bo‘lgan xalqaro va mahalliy professorlar dars berishadi. Jamoada 207 nafar: 27 nafar fan doktorlari, professorlar, 87 nafar fan nomzodlari, dotsentlar, 14 nafar doktorantlar, 79 nafar sohaning yetakchi mutaxassislari assissent, katta o‘qituvchilar faoliyat olib borishadi. Universitetning ilmiy salohiyati 56 foizini tashkil etadi.

“Maqsadimiz – ta’lim muassasamiz professorlarini Urumchi shahri ilmiy-tadqiqot ishlari bilan tanishtirish va hamkorlik ishlarini yo‘lga qo‘yishdan iborat. Olib borayotgan ilmiy tadqiqot, pedagogik ishlarimizda, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash, tomchilatib sug‘orish va yer kadastr tizimlarida axborot kommunikatsion texnologiyalarni joriy etish yo‘nalishlarimizda ilmiy homkorlik ishlari kelishib olindi. Natijada olib borilayotgan tadqiqot ishlarimizni respublikamizda va Urumchidagi ilmiy tadqiqot markazlaridagi laboratoriyalarda sinovlardan o‘tkazishni yo‘lga qo‘yamiz.

O‘ylaymizki, axborot kommunikatson texnologiyalarni bevosita qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash jarayonlariga qo‘llashimiz, dars jarayonlarida ularning ilmiy ishlari natijalarida yaratilgan darsliklardan foydalanishimiz va talabalarimizga xitoy tilini o‘rgatish orqali Xitoyda yaratilgan ilmiy-texnik bazadagi texnologik jarayonlarni O‘zbekistonda joriy etish tizimini yo‘lga qo‘yish bilan talabalarimizni ish joyi yaratuvchi sifatida tayyorlashga alohida e’tibor qaratyapmiz”, - dedi universitet rektori Nusratilla Barakayev.

Renessans ta’lim universitetida gumanitar, ijtimoiy, iqtisodiyot, ishlab chiqarish, texnik xizmatlar sohasida 40 ga yaqin yo‘nalishlar mavjud. Bundan tashqari, universitetda 7 ta kafedra, 12 ta bo‘lim, axborot resurs markazi, ustoz-shogird ilmiy maktablari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, 4 yil davomida talabalar matematika, tarix, falsafa, adabiyot, pedagogika va psixologiya, jahon iqtisodiyoti, xalqaro munosabatlar, turizm, bank ishi, moliya, buxgalteriya, soliq, axborot tizimlari, IT, dizayn bo‘yicha zarur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladi.

Renessans ta’lim universiteti Koreya, Xitoy, Malaziya, Turkiya, Bolgariya kabi 15 dan ziyod davlatlar bilan professor-o‘qituvchilar, talabalar almashinuvi, ilmiy-tadqiqot ishlarini hamkorlikda bajarish, darslik va o‘quv adabiyotlarini tayyorlash, yozgi va qishki maktablarni tashkil etish, xalqaro konferensiyalar o‘tkazish, xalqaro grantlarda ishtirok etish bo‘yicha hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan.

Universitet ijtimoiy sahifalari:

Veb-sayt: https://renessans-edu.uz

Telegram: https://t.me/renessansedu_uz

Instagram: https://www.instagram.com/renessans.edu.uz/

Facebook: https://www.facebook.com/Renessans-104914062493912/

You Tube: https://youtube.com/@renessansuniversity

Reklama

Ko‘proq yangiliklar: