O‘zbekiston | 09:30 / 02.04.2025
6603
2 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Sharjada o‘tkazilgan Xalqaro olimpiadada "Al-Jabr" maktabi o‘quvchilari yuqori natijalarga erishdi

Joriy yil 16 mart kuni Sharjada o‘tkazilgan Xalqaro olimpiadada ishtirok etgan "Al-Jabr" xususiy maktabi o‘quvchilari yuqori natijalarni qayd etishdi.

Maktabning 184 nafar o‘quvchisi ushbu olimpiadada ishtirok etib, 10 ta oliy o‘ringa sazovor bo‘ldi.

O‘zbekistonlik o‘quvchilar olimpiadada matematika, mental arifmetika va ingliz tili kabi fanlar bo‘yicha 400 dan ortiq xalqaro ishtirokchilar bilan kuch sinashdi. Ushbu olimpiadada mamlakatlar orasidagi raqobat juda yuqori bo‘lgani bois o‘zbek talaba va o‘quvchilari yuqori natijalarga erishdi.

Maktab o‘quvchilari umumiy hisobda quyidagi natijalarga erishdi:

· 1-o‘rin:

Matematika: 25 ta

Mental arifmetika: 31 ta

Ingliz tili: 8 ta

· 2-o‘rin:

Matematika: 39 ta

Mental arifmetika: 9 ta

Ingliz tili: 9 ta

· 3-o‘rin:

Matematika: 41 ta

Mental arifmetika: 6 ta

Ingliz tili: 6 ta.

Shu bilan birga, ushbu olimpiadada o‘zbekistonlik o‘quvchilar matematikadan 6 ta, mental arifmetikadan 3 ta, ingliz tilidan esa 1 ta oliy o‘rinni qo‘lga kiritishdi.

"Al-Jabr" xususiy maktabida o‘quvchilarga nafaqat nazariy, balki amaliyotga qaratilgan kasbiy ta’lim ham beriladi, bu esa ularning xalqaro maydondagi muvaffaqiyatlarini ta’minlaydi. Bu keng ko‘lamli tajriba hamda O‘zbekistonning xalqaro ta’limdagi ulushini yanada oshirishga hissa qo‘shayotgan muhim qadam hisoblanadi.

Telefon: +99855 500 8485

Ro‘yxatdan o‘tish uchun: forms.amocrm.ru/rwrcmtd

Instagram: instagram.com/al_jabruz/

Telegram: t.me/aljabrmaktabi

Reklama huquqi asosida