Ukraina Rossiya bosqini oqibatida yetkazilgan ekologik zararni 85 mlrd dollarga baholadi
Hozirda Rossiyaning ekologik harbiy jinoyatlari bo‘yicha 247 ta ish olib borilmoqda - ularning 14 tasi Ukraina Jinoyat kodeksiga muvofiq ekotsid sifatida tasniflangan.

Foto: Ukraina FVV
Ukraina va Rossiya o‘rtasida urush boshlanganidan beri milliondan ortiq inson halok bo‘ldi hamda yaralandi. Ukrainadagi ko‘plab shahar va qishloqlar butunlay yakson etilib, 20 mingga yaqin bola Rossiyaga majburan olib ketildi yoki deportatsiya qilindi. Keltirilgan shuncha kulfat va vayronalarga qaramay, Ukraina, shuningdek, misli ko‘rilmagan ekologik talafotga duch kelmoqda.
Ukraina hukumati ekotsid nomli (ekotizimning buzilishi, o‘simlik yoki hayvonot olamining ommaviy yakson qilinishi, atmosfera yoki suv havzalarining zaharlanishi) yangi turdagi harbiy jinoyatlarga oid ma’lumotlarni to‘plamoqda. Hukumat mamlakat tabiiy resurslariga yetkazilgan umumiy zarar 85 milliard dollardan oshishini baholagan.
Hozirda Rossiyaning ekologik harbiy jinoyatlari bo‘yicha 247 ta ish olib borilmoqda. «Ilgari hech kim buni amalga oshirmagan», — deydi Ukraina Bosh prokuraturasining ekologik jinoyatlar bo‘yicha maxsus maslahatchisi Maksim Popov. Zararning o‘ziga xosligi, masalan, flora va faunaning ommaviy yo‘q qilinishi sabab prokurorlar 247 ta ishning 14 tasini Ukraina Jinoyat kodeksiga muvofiq ekotsid sifatida tasniflamoqda.
Qator davlatlarda ekotsid jinoyat hisoblansada, u hozirga qadar xalqaro jinoyat sifatida ko‘rib chiqilmagan edi. 2021 yilda yuristlar jamoasi ekotsidga rasmiy ta’rif bergan va uni xalqaro jinoyat sudida ko‘rib chiqiladigan to‘rt asosiy jinoyat qatoriga qo‘shishni taklif qilgan.
Ukrainada Rossiyani javobgarlikka tortish imkoniyati kam, ammo rasmiylarning hisoblashicha, baribir javobgarlikka tortish bo‘yicha choralar ko‘rilishi kerak. «Jinoyat ishi doirasida to‘plangan dalillar va sud qarorlari, hatto sirtdan chiqarilgan bo‘lsa ham, Ukrainaning tovon to‘lash masalasidagi pozitsiyasini mustahkamlaydi», — deydi 2022-2024 yillar davomida bosh prokuror lavozimida mazkur ishlar bilan shug‘ullangan Andrey Kostin.
Qayd etilishicha, The New York Times jurnalistlari to‘rt oy davomida front chizig‘iga tutashgan hududlarga borib, harbiylar, atrof-muhit muhofazasi bo‘yicha ekspertlar va mahalliy hokimiyat organlari rahbarlari bilan muloqotda bo‘lgan. Ta’kidlanishicha, eng katta ekologik falokat 2023 yil inyunda Kaxovka GES to‘g‘onining portlatilishi bo‘lgan. Shundan keyin ulkan suv oqimlari Dneprdan zaharli cho‘kindilar va chuchuk suvni sho‘r Qora dengizga olib chiqib, dengiz organizmlarining ko‘payish davrida sohil ekotizimini vayron qilan.
To‘g‘on tomonidan ushlab turilgan suv ombori Ukraina janubining katta qismini sug‘orish bilan ta’minlab kelgan. Tez orada mintaqadagi qishloq xo‘jaligi yerlari qurishni boshlagan. Ma’lumotlarga ko‘ra, 2024 yilda kungaboqar hosili avvalgi yilga nisbatan 10 baravar kamaygan.
Tavsiya etamiz
Xitoylik tadqiqotchilar Osiyoda yangi zilzilalar kuzatilishidan ogohlantirdi
Jahon | 21:46 / 06.04.2025
Kam ta’minlangan oilalarga elektr va gaz bo‘yicha kompensatsiya beriladi
O‘zbekiston | 14:32 / 06.04.2025
100 ming dollarlik “o‘yin”: Marg‘ilondagi bir jinoyat tafsiloti
Jamiyat | 17:21 / 05.04.2025
Markaziy bank kartadan pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan yangi talabga izoh berdi
Iqtisodiyot | 17:09 / 05.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Qoraqalpog‘istonda shamol elektr stansiyasi quriladi
Iqtisodiyot | 13:26
-
Britaniya O‘zbekistonda ta’lim sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshiradi
O‘zbekiston | 13:17
-
«O‘lim zonasi» yaratayotgan Isroil, Kremldan otashkesim uchun shartlar va bojlar zaruriyatini tushuntirgan Tramp - kun dayjesti
Jahon | 12:58
-
O‘zbekiston fuqarolari Oltoy o‘lkasidagi korxonalarga ishga jalb etiladi
Iqtisodiyot | 12:55
Mavzuga oid

12:11
France24 Rossiya raketa zarbasi vaqtida Kriviy Rihdagi restoranda yozib olingan kadrlarni namoyish etdi

09:30
Ukraina dronlar ishlab chiqarishini maksimal darajada oshirmoqda - Zelenskiy

10:47 / 07.04.2025
Prezident yana bir bor Ukraina, Yaqin Sharq va Afg‘oniston masalasiga e’tibor qaratdi

08:40 / 07.04.2025