Zelenskiy: Hujumlar ko‘payganini hisobga olsak, Rossiyaga bosim yetarli emas
Ukraina prezidenti dunyo Rossiya o‘qqa tutishiga yetarlicha javob bermayotganini tanqid qildi. «Rossiya o‘zining asl niyatini ko‘rsatmoqda – dunyo ruxsat berguncha terrorni davom ettirish», - dedi Zelenskiy.

Foto: Telegram / V_Zelenskiy_official
Rossiyaga bosim «hali yetarli emas» va Rossiyaning Ukrainaga har kungi zarbalari buni isbotlamoqda. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 6 aprel, yakshanba kuni Telegramʼda bunga ishonch bildirdi.
Ukraina rahbari Kiyevga ballistik zarbalar berilganini, Kiyev viloyatiga uchuvchisiz uchoqlar tomonidan berilgan zarbalar, Mikolayiv, Sumi, Xarkiv, Xmelnitskiy va Cherkassk viloyatlariga qilingan hujumlarni esladi. «Havo hujumlari soni ortib bormoqda. Rossiya o‘zining haqiqiy niyatini mana shunday ko‘rsatmoqda — dunyo imkon berguncha terrorni davom ettirish», — deya ta’kidladi Zelenskiy.
O‘tgan haftada Ukrainada 1460 dan ortiq boshqariladigan havo bombalari, qariyb 670 ta hujumkor uchuvchisiz uchoqlar va 30 dan ortiq turli turdagi raketalar uchirildi, ularning yigirmadan ortig‘i 6 aprelga o‘tar kechasi uchirilgan. «Ular (Rossiya qurolli kuchlari) o‘yin maydonchalarida o‘ynayotgan bolalarga qarshi kurashmoqda», — deb yozdi Ukraina prezidenti Rossiyaning Kriviy Rigga bergan zarbalari, hujum natijasida kamida to‘qqiz nafar voyaga yetmaganlar halok bo‘lganini nazarda tutib.
Tavsiya etamiz
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Moskvadagi hammomda qirg‘izistonlik migrantlarga qarshi reyd o‘tkazildi
Jahon | 14:55
-
Yo‘l harakati qoidalari yangi ogohlantiruvchi va qo‘shimcha axborot belgilari bilan to‘ldiriladi
O‘zbekiston | 14:51
-
Misrdan uzilayotgan G‘azo, Trampning Rossiyaga chaqirig‘i va «Boj urushi»da chekinmayotgan Xitoy - kun dayjesti
Jahon | 14:26
-
Estoniya Boltiq dengizida Rossiyaning «soyadagi floti» tankerini qo‘lga oldi
Jahon | 13:58
Mavzuga oid

12:56
Rossiyada hibsga olingan general Popov Ukrainadagi urushga yuborilmaydi

11:11
Zelenskiy rossiyalik targ‘ibotchilarga qarshi sanksiyalar joriy qildi

09:50
Ukraina Rossiya hujumini kutib, kuchlarini Sumiga o‘tkazmoqda

08:09