Estoniya Boltiq dengizida Rossiyaning «soyadagi floti» tankerini qo‘lga oldi
Rossiyaning «soyadagi floti»ning bir qismi bo‘lishi mumkin bo‘lgan Jibuti bayrog‘i ostidagi Kiwala tankeri Estoniyaning Aegna oroli yaqinida turibdi. U Estoniya mudofaa kuchlari tomonidan qo‘lga olingan.

Foto: AP
Estoniya mudofaa kuchlari Rossiyaga ketayotgan Kiwala tankerini qo‘lga oldi. Bu haqda 11 aprel, juma kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida mamlakat harbiy-dengiz kuchlari qo‘mondoni Ivo Vyark ma’lum qildi, deb yozadi Estoniyaning Postimees nashri. Vyarkning aytishicha, qo‘lga olishdan maqsad kemaning hujjatlari va huquqiy holatini tekshirish. Marinetraffic xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, u Jibuti bayrog‘i ostida suzib yurgan.
Qayd etilishicha, qo‘lga olingan tanker Ust-Luga portiga ketayotgan bo‘lib, u xom neftni tashish uchun mo‘ljallangan. Postimees nashrining yozishicha, uning yonida Estoniya harbiy-dengiz floti kemalari navbatchilik qilmoqda. Kema Boltiq dengizidagi Aegna oroli yaqinida langar tashlagan.
Politsiya va chegarani qo‘riqlash boshqarmasi boshlig‘i Veyko Kommusaar, o‘z navbatida, tanker sanksiyalar ostida ekanini, Jibuti vakili esa uning reyestrida yo‘qligini ma’lum qilganini aytdi. Shuningdek, mulkdor haqida hech qanday ma’lumot yo‘q.
Ukrainaning War Sanctions portali Kiwala Buyuk Britaniya, Kanada, Yevropa Ittifoqi va Shveytsariyaning sanksiyalari ostida ekanini ta’kidlaydi. Shu bilan birga, u Rossiya nefti va neft mahsulotlarini uchinchi davlatlarga tashiydi hamda War Sanctions ma’lumotlariga ko‘ra, Moskva Ukrainada urush boshlanishi munosabati bilan unga qarshi joriy qilingan sanksiyalarni chetlab o‘tish uchun foydalanadigan «soyadagi flot»ga tegishli bo‘lishi mumkin.
Estoniya tashqi ishlar vaziri Margus Tsaxkna ham Kiwala'ni «soyadagi flot» kemasi deb atadi. «Biz o‘z xavfsizligimiz va atrof-muhitni muhofaza qilish maqsadida muvofiqlashtirilgan va maqsadli harakat qilamiz va shubha tug‘ilsa, Estoniya iqtisodiy zonasi orqali o‘tayotgan kemalarni tekshirish huquqidan foydalanamiz», — deya Tsakxna so‘zlarini keltiradi ERR.ee.
Mavzuga oid

20:15 / 14.04.2025
Estoniyada harbiylarning shuhbali kemalarga hujum qilishiga ruxsat beruvchi qonun tasdiqlandi

16:59 / 14.04.2025
«Krokus» teraktida ayblanayotgan tojikistonliklar aqli raso deb topildi

14:07 / 14.04.2025
Rossiyada mushkul ahvolda qolgan oila O‘zbekistonga qaytarildi

10:30 / 14.04.2025