Estoniyada harbiylarning shuhbali kemalarga hujum qilishiga ruxsat beruvchi qonun tasdiqlandi
Endilikda eston harbiylari mamlakatning mudofaa obektlari, port va boshqa inshootlariga tahdid uyg‘otadigan kemalarga nisbatan «kuch ishlatishi» mumkin bo‘ladi.

Foto: Getty images
Estoniya prezidenti Alar Karis harbiylarga respublikaning muhim infratuzilmalari uchun tahdid uyg‘otadigan fuqarolik kemalariga hujum qilish huquqini beruvchi tuzatishlarni tasdiqladi, deb xabar beradi ERR. Mamlakat parlamenti bu boradagi qonunchilik tashabbusini 11 aprelda qabul qilgandi.
Qayd etilishicha, Mudofaa kuchlarini tashkil etish va iqtisodiy zona to‘g‘risidagi qonunlarga o‘zgartirishlar kiritilmoqda. Unga ko‘ra, eston harbiylari mamlakatning mudofaa obektlari, port va boshqa inshootlariga tahdid uyg‘otadigan kemalarga nisbatan «kuch ishlatishi» mumkin bo‘ladi.
Dengiz kollegiyasi raisi va RF prezidentining maslahatchisi Nikolay Patrushev Estoniyaning Boltiq dengizida shubhali savdo kemalariga hujum qilishga ruxsat berish qarorini jirkanch deb atadi.
Avvalroq Estoniya mudofaa kuchlari Rossiyaga ketayotgan Kiwala tankerini qo‘lga olgandi. Mamlakat harbiy-dengiz kuchlari qo‘mondoni Ivo Vyarkning aytishicha, qo‘lga olishdan maqsad kemaning hujjatlari va huquqiy holatini tekshirish. Marinetraffic xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, u Jibuti bayrog‘i ostida harakatlangan.
Mavzuga oid

19:12 / 23.04.2025
Estoniya Rossiya bilan chegara yaqinida harbiy baza quradi

13:58 / 12.04.2025
Estoniya Boltiq dengizida Rossiyaning «soyadagi floti» tankerini qo‘lga oldi

23:52 / 09.04.2025
Estoniya prezidenti Rossiya va Belarus fuqarolarining mahalliy saylovlarda ovoz berishini taqiqlovchi qonunni tasdiqladi

21:23 / 03.04.2025