Ukraina dronlar ishlab chiqarishini maksimal darajada oshirmoqda - Zelenskiy
Ukraina dronlar ishlab chiqarish hajmini maksimal darajada oshirmoqda. Xususan, bu uzoq masofaga parvoz qila oladigan uchuvchisiz apparatlarga ham taalluqli, dedi Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy o‘zining kechki murojaatida.

Foto: Ukraina prezidenti matbuot xizmati
Ukraina rahbarining so‘zlariga ko‘ra, u bu borada Oliy Bosh qo‘mondon yig‘ilishini o‘tkazgan.
«Eng asosiysi — Ukrainada dronlar ishlab chiqarish borasida hisobotlar tinglandi; ishlab chiqarishni maksimal darajada oshiryapmiz. Bu dronlar turlarining butun turkumi bo‘yicha amalga oshirilyapti: «mavik»lardan tortib uzoq masofali dronlargacha, shuningdek, yerda harakatlanadigan robotlashtirilgan majmualarni ishlab chiqarish imkoniyatlarimizni ham oshiryapmiz», — deya ta’kidladi Ukraina prezidenti.
Zelenskiy ta’kidlashicha, Ukrainaga uchuvchisiz qurilmalarning barcha zarur tarkibiy qismlarini jangchilarga yetkazib berish bo‘yicha ishlab chiqarish va ta’minotda barqaror, doimiy o‘sish kerak. Bu borada joriy yil uchun yaxshi istiqbollar mavjud.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainada alohida ravishda optik tola asosida ishlaydigan dronlar ishlab chiqarilmoqda — bu dronlarga qarshi radioelektron kurash tizimlari samarasiz hisoblanadi.
Joriy yil boshidan beri Ukrainada shunday dronlarning 20 ta yangi, sertifikatlangan namunasi paydo bo‘lgan. Ularni ishlab chiqarishni allaqachon 11 ta ukrain korxonasi o‘zlashtirgan.
Hozirgi asosiy vazifa — imkoni boricha kengroq miqyosda ishlab chiqarish va yetkazib berishga erishish. Zelenskiy ta’kidlashicha, u shartnomalarni maksimal miqdorda tuzish bo‘yicha topshiriq bergan.
«Dipstrayklar (ya’ni, uzoq masofali dronlar) bo‘yicha ham ijobiy dinamika bor: aniq raqamlarni aytolmayman, lekin shu yil oxiriga qadar Mudofaa kuchlarimiz uchun zarur hajmni ta’minlaymiz», — dedi Ukraina prezidenti.
Tavsiya etamiz
Husanov nega o‘ynamayapti?
Sport | 10:00 / 01.05.2025
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Denovda haydovchi 32 nafar bolani Damas'ga mindirib ketayotgani aniqlandi
O‘zbekiston | 11:20
-
Viloyat ma’muriyati rahbari: Rossiya Zaporijjyaga 10 marta zarba berdi
Jahon | 11:10
-
Surxondaryoda YPX xodimiga kuch ishlatgan 3 kishi ushlandi
O‘zbekiston | 11:03
-
Latviya TATU huzurida maxsus maktab tashkil etishi mumkin
O‘zbekiston | 10:50
Mavzuga oid

10:34
Bessent: Ukraina bilan kelishuv AQShga muzokaralarda yordam beradi

09:25
AQSh Ukrainadagi muvaqqat ishlar vakilini tayinladi

00:52
Zelenskiy Trampdan eng kuchli kartalar to‘plamini oldi - AQSh moliya vaziri

23:22 / 01.05.2025