Iqtisodiyot | 17:09 / 05.04.2025
8668
2 daqiqa o‘qiladi

Markaziy bank kartadan pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan yangi talabga izoh berdi

Ta’kidlanishicha, BHM 30 baravaridan oshgan o‘tkazmalarda jo‘natuvchining ma’lumotlari ko‘rsatilishi shartligi haqidagi talab to‘lov tashkilotlari va banklar o‘rtasidagi texnik jarayon bo‘lib, mijozga qiyinchilik tug‘dirmaydi.

Foto: Getty images

Markaziy bank ijtimoiy tarmoqlarda to‘lov tizimlari operatorlari, elektron pullar tizimi operatorlari va to‘lov tashkilotlarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalariga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar yuzasidan bildirilayotgan fikrlar bo‘yicha tushuntirish berdi.

Yangi qoidalarga ko‘ra (Ichki nazorat qoidalarining 312-bandi), O‘zbekistonda to‘lov xizmatlari mijozlarni mobil ilovalarda hisobvaraq ochish, elektron terminallar chiqarish, BHM 30 baravari (11,25 mln so‘m) miqdoridagi pul o‘tkazmalarini jo‘natish, qabul qilishda tegishli tekshiruvdan o‘tkazishi shart. BHM 30 baravaridan oshgan o‘tkazmalarda esa jo‘natuvchining ma’lumotlari ko‘rsatilishi shart.

Markaziy bank xabariga ko‘ra, bu to‘lov tashkilotlari va banklar o‘rtasidagi texnik jarayon bo‘lib, mijozga qiyinchilik tug‘dirmaydi.

«Shuni alohida ta’kidlash lozimki, ushbu band talablari mijozlarga qo‘shimcha qiyinchilik keltirib chiqarmaydi, sababi ushbu talab to‘lov tashkilotlari va banklar o‘rtasida ma’lumot almashinuvi bo‘yicha majburiyatlarga taalluqli bo‘lib, mijoz tomonidan akkaunt ochilishida olingan, ya’ni mavjud identifikatsion ma’lumotlarni bazaviy hisoblash miqdorining 30 barobariga teng yoki undan oshgan summadagi yuborilayotgan ichki elektron pul o‘tkazmalarida yuborilishini ta’minlashlari lozimligini anglatadi», deyiladi bayonotda.

Mavzuga oid

E`lonlar