Renessans ta’lim universiteti yangi o‘quv yilini tantanali boshladi

Jamiyat 15:08 / 12.09.2024 1699

Renessans ta’lim universitetida yangi 2024/2025 o‘quv yilining boshlanishiga bag‘ishlangan tantanali uchrashuv bo‘lib o‘tdi. O‘quv binosi hovlisida tashkil qilingan tadbirda 10 ming nafardan ortiq talabalar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.

Tadbir tabrik hamda yangi o‘quv yiliga qadam qo‘ygan talabalarni qutlash bilan boshlandi. Renessans ta’lim universiteti talabalarining sport va fan olimpiadalarida erishgan yutuqlari tilga olindi.

Bayramning asosiy qismida o‘tgan o‘quv yilini a’lo baholarga tamomlagan hamda universitetdagi ma’naviy-ma’rifiy ishlarda faol bo‘lgan 20 nafar talabaga 100 foizlik grant berildi.

 Universitetda kunduzgi, sirtqi va kechki ta’lim shakllarda, shuningdek, ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha o‘zbek, rus va ingliz tillarida yuqori malakali bakalavriat talabalari tayyorlanadi.

Ularga mahalliy va xorijiy mamlakatlarning nufuzli universitetlari bitiruvchilari bo‘lgan xalqaro va mahalliy professorlar dars beradi. Jamoada 207 nafar: 27 nafar fan doktorlari, professorlar, 87 nafar fan nomzodlari, dotsentlar, 14 nafar doktorantlar, 79 nafar sohaning yetakchi mutaxassislari assistent, katta o‘qituvchilar faoliyat olib borishadi. Universitetning ilmiy salohiyati 56 foizni tashkil etadi.

Renessans ta’lim universitetida gumanitar, ijtimoiy, iqtisodiyot, ishlab chiqarish, texnik xizmatlar sohasida 40 ga yaqin yo‘nalishlar mavjud. Bundan tashqari, universitetda 7 ta kafedra, 12 ta bo‘lim, axborot resurs markazi, ustoz-shogird ilmiy maktablari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, 4 yil davomida talabalar matematika, tarix, falsafa, adabiyot, pedagogika va psixologiya, jahon iqtisodiyoti, xalqaro munosabatlar, turizm, bank ishi, moliya, buxgalteriya, soliq, axborot tizimlari, IT, dizayn bo‘yicha zarur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladi.

Renessans ta’lim universiteti Koreya, Xitoy, Malayziya, Turkiya, Bolgariya kabi 15 dan ziyod davlatlar bilan professor-o‘qituvchilar, talabalar almashinuvi, ilmiy-tadqiqot ishlarini hamkorlikda bajarish, darslik va o‘quv adabiyotlarini tayyorlash, yozgi va qishki maktablarni tashkil etish, xalqaro konferensiyalar o‘tkazish, xalqaro grantlarda ishtirok etish bo‘yicha hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan.

Universitet ijtimoiy sahifalari:

Veb-sayt: renessans-edu.uz

Telegram: t.me/renessansedu_uz

Instagram: instagram.com/renessans.edu.uz

Facebook: facebook.com/Renessans-104914062493912

You Tube: youtube.com/@renessansuniversity

Reklama

Ko‘proq yangiliklar: