Jamiyat | 13:29 / 05.04.2025
2808
1 daqiqa o‘qiladi

Volgogradda 11 nafar o‘zbekistonlik vaqtincha saqlash markazida saqlanayotgani aytildi

O‘zbekistonning Rostov-Don shahridagi Bosh konsulxonasi diplomatlari Rossiyaning Volgograd viloyatidagi Xorijiy fuqarolarni vaqtincha saqlash markazi rahbariyati va bu yerda bo‘lgan yurtdoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Foto: dunyo.info

Markaz rahbariyati bilan kechgan muloqot chog‘ida hozirgi kunda mazkur muassasada 11 nafar O‘zbekiston fuqarosi vaqtincha saqlanayotgani ma’lum qilindi. Rossiya tomoni, shuningdek, so‘nggi paytlarda O‘zbekiston fuqarolari ishlash huquqini beradigan hujjatlarni o‘z vaqtida rasmiylashtirishga mas’uliyat bilan yondashayotganlarini bildirdi.

Tomonlar markazda bo‘lgan yurtdoshlarga zarur konsullik xizmatlarini ko‘rsatish tartibi va ularni tez fursatlarda O‘zbekistonga qaytarish masalasi yuzasidan fikr almashdilar.

Muzokaralar natijasida ushbu markazda bo‘lib turgan barcha yurtdoshlarni muddatidan oldin oilasi bag‘riga qaytarish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Diplomatlar, shuningdek, muassasada saqlanayotgan vatandoshlar bilan alohida uchrashuv o‘tkazdilar.

Vatandoshlarga qonuniy mehnat migratsiyasini amalga oshirish tartibi, qabul qiluvchi davlat qonunchiligiga rioya qilish zarurligi ta’kidlandi. 

Mavzuga oid

E`lonlar