Ta'kidlanishicha, koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq joriy vaziyat “butun dunyodan biznes, hukumatlar va fuqarolik jamiyatlari yetakchilari ishtirokidagi global uchrashuvni o‘tkazishni imkonsizga aylantirdi”.
Endilikda uchrashuvni 2022 yil birinchi yarmida o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Uning o‘tkazilish joyi va sanasi keyinroq ma'lum qilinadi.
“Ushbu qarorni qabul qilish hamkorlarimizning nafaqat virtual tarzda, balki shaxsan uchrashishga hamda barqaror dunyoni yaratish uchun o‘z hissasini qo‘shishga qiziqishi kattaligini hisobga olsa, og‘ir bo‘ldi. Biroq sog‘liq va xavfsizlik hammasidan ustuvor”, deb aytgan Jahon iqtisodiy forumi raisi Klaus Shvab.
An'anaga ko‘ra, forum uchrashuvlari har yil yanvarda Shveytsariyaning Davos shahrida o‘tkazib kelingandi. Biroq koronavirus pandemiyasi va u bilan bog‘liq cheklovlar sababli 2021 yildagi yig‘ilishni 17-20 avgust kunlari Singapurda o‘tkazish rejalashtirilgandi.
Jahon iqtisodiy forumi Shveytsariyaning nohukumat tashkiloti bo‘lib, unga mingga yaqin kompaniya va tashkilotlar a'zo hisoblanadi.