Qotil enaga Boboqulova majburiy davolanishga jo‘natildi

O‘zbekistonlik enaga Gulchehra Boboqulova majburiy davolanishga jo‘natildi. U Moskva shahrida to‘rt yoshli qizchani o‘ldirgan.
Shu tariqa, sudning 2016 yil 24 noyabridagi qarori qonuniy kuchga kirdi, deb xabar berdi "Interfaks" Moskva prokuraturasi rasmiy vakili Yelena Rossoxinaga asosan. Enaga Rossiya hududida joylashgan maxsus tipdagi ruhiy stantsionar muassasalaridan biriga jo‘natilgan. Sud qarori prokuror iltimosnomasidan so‘ng qabul qilindi. U ayblanuvchining psixologik- ruhiy ekspertizasi natijalariga tayangan.
Boboqulova to‘rt yoshli qizchaning qotilligida, kvartirani yoqib yuborish va portlash haqida yolg‘on xabar berishda aybdor deb topildi.
Shafqatsiz qotillik o‘tgan yilning fevral oyida sodir bo‘lgandi. O‘zbekistonlik enaga Gulchehra Boboqulova qizchaning ota-onasi to‘ng‘ich farzandini olib, uydan ketishini poylab, 4 yoshli qizni o‘ldirib, kvartirani yoqib yuborgan va ko‘chaga chiqib ketgan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, ayol 20 daqiqacha vaqt ko‘chada qizchaning tanasidan judo qilingan kallasini ushlab, o‘zi bilan o‘zi suhbatlashgan va yo‘lovchilar hamda politsiya xodimlariga tahdid qilgan. Qotilni metroga tushish joyida qo‘lga olishga muvaffaq bo‘lishgan.
Ma'lum bo‘lishicha, Boboqulovaga 1999 yilda “shizofreniya” tashxisi qo‘yilgan, 2002 yilda esa u o‘zini tajovuzkor tutib, turli ovozlarni eshita boshlagan. Ayol Samarqand viloyati ruhiy kasalliklar shifoxonasida ham davolangan.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
CNN Turk: Rossiya va Ukraina 15-16 aprel kunlari Anqarada muzokaralar o‘tkazadi
Jahon | 19:11
-
HUAWEI nova 13 seriyasi: Zamonaviy foydalanuvchilar uchun ideal smartfon
O‘zbekiston | 19:00
-
Britaniya YeIdan go‘sht va sut mahsulotlari olib kirilishini taqiqladi
Jahon | 18:55
-
Kiyev yana bir F-16 qulagani va uchuvchi halok bo‘lganini tasdiqladi
Jahon | 18:08
Mavzuga oid

10:30 / 23.03.2021
Gulchehra Boboqulova majburiy davolanishdan so‘ng Rossiyadan chiqarib yuboriladi - OAV

17:54 / 24.11.2016
O‘zbekistonlik qotil-enaga jinoiy javobgarlikdan ozod qilindi

18:37 / 28.10.2016
Gulchehra Boboqulova o‘zini O‘zbekistonga qaytarishlarini so‘radi

20:57 / 28.07.2016