Gulchehra Boboqulova majburiy davolanishdan so‘ng Rossiyadan chiqarib yuboriladi - OAV
2017 yilning yanvar oyida to‘rt yoshli qizchani o‘ldirishda aybdor deb topilgan o‘zbekistonlik enaga Gulchehra Boboqulova majburiy davolanish jarayoni tugaganidan so‘ng Rossiyadan chiqarib yuboriladi. Bu haqda “RIA Novosti” Rossiya Ichki ishlar vazirligiga asoslanib xabar berdi.

Ichki ishlar vazirligi 2017 yilda Boboqulovaning Rossiyada qolishi nomaqbul deb topilganini ma'lum qildi. «Davolash jarayoni tugaganidan so‘ng, u Rossiyadan tashqariga deportatsiya qilinishi kerak», - deya xabar berdi mahkama. Ichki ishlar vazirligi Boboqulovaning davolanish jarayoni qachon tugashiga aniqlik kiritmagan.
Fevral oyida «Moskovskiy komsomolets» Boboqulova Qozon shahridagi ruhiy kasalliklar shifoxonasida ekani haqida xabar bergandi (bu ma'lumot rasman oshkor etilmayapti). Ayolning onasi aytishicha, shifokorlar Boboqulovaning ahvolini barqaror deb baholashgan va agar tegishli hujjatlar kelib tushsa, uni deportatsiya qilishga tayyor turishibdi.
Boboqulova tomonidan o‘ldirilgan qizning onasi Yevgeniya Meshcheryakova davolanish jarayoni tugaganidan so‘ng, sobiq enaga oiladan qasos olishi mumkinligidan qo‘rqmoqda.
Qotillik 2016 yilning fevral oyida sodir bo‘lgandi. O‘zbekistonlik enaga Gulchehra Boboqulova Moskva shahrida qizchaning ota-onasi to‘ng‘ich farzandini olib, uydan ketishini poylab, 4 yoshli qizni o‘ldirib, kvartirani yoqib yuborgan va ko‘chaga chiqib ketgan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, ayol 20 daqiqacha vaqt ko‘chada qizchaning tanasidan judo qilingan kallasini ushlab, o‘zi bilan o‘zi suhbatlashgan va yo‘lovchilar hamda politsiya xodimlariga tahdid qilgan. Qotilni metroga tushish joyida qo‘lga olishga muvaffaq bo‘lishgan.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Radar ovlovchi» – Andijonda haydovchi 52 ta radarni pnevmatik miltig‘i bilan ishdan chiqardi
O‘zbekiston | 20:14
-
Ukraina prezidenti ofisidagilar ayollarni ham armiyaga majburiy jalb etish taklifi bilan chiqdi
Jahon | 20:13
-
Xitoy uzluksiz 30 soatgacha parvoz qilishga qodir dronni taqdim etdi
Fan-texnika | 20:00
-
Isroil aviazarbasi G‘azo shahridagi oxirgi shifoxonaning bir qismini vayron qildi
Jahon | 19:47
Mavzuga oid

08:38 / 05.04.2025
Jinoyat sodir etib, qochib yurgan o‘zbekistonlik Rossiyada ushlandi

08:28 / 05.04.2025
Yevropa va Kanada Putindan AQSh taklifiga darhol javob berishni talab qilmoqda

08:14 / 05.04.2025
«Rossiya otashkesimga tayyorgarlik ko‘rayotganining alomati yo‘q» - NATO razvedkasi

00:50 / 05.04.2025