Moskvadagi qotil-enaga tergovda o‘z jinoyati sababini aytdi

Foto: Sputnik
Moskvada mudhish qotillikka qo‘l urgan asli o‘zbekistonlik mehnat muhojiri ishi bo‘yicha navbatdagi ma'lumotlar ayon qilinmoqda.
Voqea 29 fevral kuni tongida, Moskva shahridagi Narodnogo Opolcheniya ko‘chasida sodir bo‘lgan. Xonadonlardan birida enaga sifatida ishlagan Gulchehra Boboqulova o‘zi qarab turgan 4 yoshli go‘dakni o‘ldirgan va uning boshini kesib olib, polietilen paketga solgan va "Oktyabrskoye pole" metro bekatiga yo‘l olgan. Uni shubhali harakatlari uchun metro bekati eshigi oldida hujjatlarni tekshirish uchun to‘xtatishgan. Shu vaqtda ayol sumkadan qizchaning boshini chiqargan va baqira boshlagan. U o‘zini portlatib yuborish bilan tahdid qilgan.
Avvaliga uning yonida rostdan ham portlovchi qurilma borligidan gumon qilib, darhol qo‘lga olishmagan. Bu vaqtda metro bekatiga kirish to‘sib qo‘yilgan. Uning yonida portlovchi qurilma yo‘qligiga ishonch hosil qilinganidan keyingina u qo‘lga olingan.
Rossiya Tergov qo‘mitasining poytaxt bo‘yicha bo‘limi vakili Yuliya Ivanova "Korrespondent.ru" muxbiriga qotil-enaga ishi bo‘yicha tafsilotlarni ma'lum qildi.
"Ayni vaqtda jinoyatchi ayol hibsda. U bilan tergovchilar ishlashmoqda. U dastlabki tergovda jinoyatiga undagan sabablar haqida ma'lum qilgan", deydi Ivanova.
39 yoshli o‘zbekistonlik, Gulchehra Boboqulova ism-sharifli bu ayolning tan olishicha, u turmush o‘rtog‘ining xiyonati ortidan bu qabihlikka qo‘l urgan.
Ayol so‘roq qilinganda, uni bu qotillikni amalga oshirishga erining xiyonati majbur qilganini aytgan. Biroq shu bilan birga, ayol bu holat u enaga bo‘lib ishlagan oilaga qanday aloqasi borligini tushuntirib bera olmagan. Boboqulovaning tan olishicha, u o‘z jinoyatiga ko‘proq e'tiborni jalb qilmoqchi bo‘lgan va yashirinishni mo‘ljallamagan.
Tergovda ma'lum bo‘lishicha, Boboqulova uy egalari o‘zlarining katta farzandlari bilan kvartiradan ketishlarini poylab, uyda qolgan qizchani o‘ldirgan, so‘ngra kvartiraga o‘t qo‘yib, chiqib ketgan. Yong‘in o‘chirilgandan keyin qizcha tanasi aniqlangan. Uy egalarining aytishicha, Boboqulova ularning uyida bir yil davomida ishlab kelgan. Ayol yaxshi mutaxassis bo‘lib tuyulgan. Qizchaning ota-onasining aytishicha, ayol oxirgi vaqtlar eri bilan munosabatlari yomonlashganidan shikoyat qilgan.
Endilikda bu ayol oilaga qanday qilib kelib qolganini aniqlash talab etiladi: maxsus agentlik orqalimi yoki ko‘chadanmi? Agar birinchi variant to‘g‘ri bo‘lib chiqsa, buning uchun kimdir javob berishi kerak bo‘ladi.
Shuningdek, uning muqaddam ruhiy muammolari bo‘lgan-bo‘lmagani aniqlanmagan. Avvaliga uni maxsus ruhiy da'volash kurslaridan o‘tkazish rejalashtirilgan. Buning foydasi bo‘lsa, sud boshlanadi. Agar u tuzalmasa, umrbodga jinnixonada qolishi mumkin.
Agar shifokorlar u bu jinoyatni ongli ravishda amalga oshirganini tasdiqlashsa, u muddatni Rossiyadagi qamoqxonada o‘taydi.
Senator Yelena Mizulina qizchaning oilasiga hamdardlik izhor qilgan va rossiyaliklarni bu fojiaga nisbatan tajovuzkor munosabatda bo‘lmaslikka chaqirgan.
Moskvada 4 yoshli go‘dakni o‘ldirgan enaga noqonuniy muhojir ekani qayd etildi
Manba: Moskvada 4 yoshli bolani o‘ldirgan enaga giyohvand modda ta'sirida bo‘lgan
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh bojlarni Shveytsariya tufayli uch oyga kechiktirgani aytilmoqda
Jahon | 09:05
-
“Toshkent tovar xomashyo birjasi” AJdan aksiya: Birja bitimlari uchun qat’iy belgilangan komissiya
O‘zbekiston | 09:00
-
Britaniya razvedkasi Rossiyaning 2025 yildagi yo‘qotishlarini taxmin qildi
Jahon | 08:59
-
YeI siyosatchilari Mersning Kiyev uchun TAURUS haqidagi so‘zlarini olqishladi
Jahon | 08:57
Mavzuga oid

14:52 / 24.03.2025
Toshkentda yosh qizaloqni muttasil kaltaklab kelgan enaga ozodlikdan mahrum qilindi

13:52 / 05.01.2025
Farg‘onada bolaning hayotini xavf ostida qoldirgan enaga ustidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

21:33 / 19.10.2024
Rossiyada go‘dak bolaning o‘limida gumonlanayotgan o‘zbekistonlik enaga hibsga olindi

08:36 / 22.06.2023