Farg‘onada bolaning hayotini xavf ostida qoldirgan enaga ustidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Bolalar ombudsmaniga ko‘ra, ikki yarim yashar qizaloq zinadan yiqilib tushganiga qaramay, enaga uni shifoxonaga olib bormagan. Natijada bolaning miyasi shikastlangan. Uni qutqarib qolgan ayol avvalroq Kun.uz bilan suhbatda qizaloq qiynoqqa solinganini aytgandi.

Foto: Kun.uz
Farg‘onada o‘ziga ishonib topshirilgan ikki yarim yashar bolaga nisbatan beshafqat munosabatda bo‘lgan enaga ustidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Bolalar ombudsmaniga xabarida aytilishicha, 2018 yilda tug‘ilgan qizaloq enagasining qaramog‘ida yashayotgan vaqtda, 15 noyabr kuni uydagi zinadan yiqilib, og‘ir jarohatlangan. Shunga qaramay, enaga bolaning sog‘ligini xavf ostiga qo‘yib, uni shifoxonaga olib bormagan. Oqibatda bolaga bosh miya lat yeyishi va boshqa xayot uchun xavfli og‘ir shikastlar tashxisi qo‘yilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, Kun.uz ushbu voqea haqida xabar bergan kun – 28 dekabrda Farg‘ona shahar IIB 37 yoshli enaga ayol M.X.ga nisbatan “xavf ostida qoldirish” moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atgan.
Qizchaning onasi – Farg‘ona shahrida yashovchi, turmushi buzilgan 37 yoshli M.G‘. 2024 yil avgust oyida Rossiyaga ishlash uchun ketib, 2018 yilda tug‘ilgan o‘g‘li va 2022 yilda tug‘ilgan qizini rasmiy ishonchnoma asosida M.X.ning qaramog‘iga qoldirgan; enagaga xizmat xaqqi va bolaning kunlik sarf-xarajatlari uchun pul jo‘natib turgan.
Kunlarning birida ona Rossiyadan turib bolalarning sobiq enagasi bilan bog‘langan va M.X. farzandlarini unga Telegram orqali ko‘rsatmay qo‘yganini aytib, ulardan xabar olishini so‘ragan. Ayol onaning iltimosiga ko‘ra bolalarni M.X.dan olgan vaqtida, qizcha og‘ir jarohatlangani ma’lum bo‘lgan. U Kun.uz bilan suhbatda qizning tanasida kaltak izlari borligi, 6 yoshli akasi ularni qiynashganini aytgani haqida so‘zlab bergandi.
RShTYoIM Farg‘ona filiali Bolalar qo‘shaloq tan jarohatlari bo‘limi shifokori G‘ayratjon Hotamov Kun.uz'ga muolajalardan keyin bolaning holati yaxshi tomonga o‘zgara boshlaganini aytgan.
“Bemor og‘ir holatda bo‘lgani uchun bolalar reanimatsiyasi bo‘limida yotqizilgan. U karaxt holatda edi. Uning bosh qismida kattagina shish bor edi. Peshona suyagi ham singandi. Qizaloqning boshidan yarim litrga yaqin yig‘ilib qolgan eski qonni olib tashladik. Bolaning bosh va tana qismlarida jarohat alomatlari bor edi”, – degandi shifokor.
Tavsiya etamiz
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Malayziya O‘zbekiston tog‘-kon sanoatida loyihalarni amalga oshirmoqchi
O‘zbekiston | 11:07
-
UZTELECOM – 12 million vatandoshlarimiz ishonch bildirgan tarmoq
O‘zbekiston | 11:00
-
Berlinda vokzallar va transportda pichoq olib yurish taqiqlanadi
Jahon | 10:45
-
Toshkentda elektromobil yonib ketdi
O‘zbekiston | 10:24
Mavzuga oid

10:37 / 11.04.2025
Farg‘onada 120 mln dollarga metallurgiya zavodi quriladi

17:46 / 04.04.2025
Farg‘onadagi YTHda ikki kishi halok bo‘ldi

13:12 / 25.03.2025
O‘sishdan to‘xtashi mumkin - mutaxassis bolalarda uyqu yetishmasligi oqibatlaridan ogohlantirdi

14:52 / 24.03.2025