Rossiyada go‘dak bolaning o‘limida gumonlanayotgan o‘zbekistonlik enaga hibsga olindi
Ayol bolani cho‘miltirish chog‘ida qo‘lidan tushirib yuborgan, oqibatda u shifoxonada vafot etgan.

Foto: Sankt-Peterburgning Moskva tumani sudi
Sankt-Peterburgning Moskva tumani sudi o‘zbekistonlik Sevinchoy Abdurasulovaga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini tanladi. Ayol Rossiya Jinoyat kodeksining 109-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda gumonlanmoqda.
Tergov xulosasiga ko‘ra, Abdurasulova 15 oktyabr kuni enaga sifatida 2024 yilda tug‘ilgan bolaga qarayotgan paytida, uni cho‘miltirish chog‘ida qo‘lidan vannaga tushirib yuborgan. Oqibatda bola bosh suyagi sinishi bilan to‘mtoq bosh jarohatini olgan va bolalar shifoxonasida vafot etgan.
17 oktyabrda Abdurasulova hibsga olingan, 18 oktyabrda unga ayblov qo‘yilgan. U aybini tan olgani ta’kidlanmoqda.
Rossiya Jinoyat kodeksining 109-moddasi 1-qismi ehtiyotsizlik oqibatida o‘limga sabab bo‘lish jinoyatini nazarda tutadi. Bu ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yilgacha majburiy mehnat yoxud shu muddatga ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Mavzuga oid

11:31
Tramp o‘tgan juma Rossiya-Ukraina muzokaralari uchun yaxshi kun bo‘lganini aytdi

07:35
Jizzaxda 40 sotix yerni sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

00:41
Rossiyada migrantlarning farzandlarini bog‘chaga qabul qilishda qo‘shimcha hujjatlar talab etilishi mumkin

13:55 / 25.04.2025