Moskvadagi o‘zbek diasporasi qotil enaganing jinoyatini millati bilan bog‘lamaslikni iltimos qildi

Foto: Sputnik
Moskvadagi O‘zbek milliy-madaniy avtonomiyasi kengashi raisi Xabib Abdullayev Moskvada 4 yoshli qizchani o‘ldirgan o‘zbekistonlik ayolning millatiga urg‘u bermaslikni iltimos qildi. Abdullayev bu haqda "Govorit Moskva" radiostansiyasiga bergan intervyusida aytdi.
"Fikrimcha, bu yerda millat – ikkilamchidir, bu qandaydir aqldan ozish bo‘lgan. Biz bundan larzaga keldik. Bu yerda gap millatda emas, balki bunday ishlarga qodir bo‘lgan odamning shuursizligidadir. Muhojirlar jinoyatlar, jumladan kutilmagan jinoyatlar sodir etishi – bu, albatta, hamma biladigan faktdir", deb ta'kidlab o‘tdi Abdullayev. Uning aytishicha, bunday jinoyatlar o‘zbeklar orasida juda kam yuz beradi.
Eslatib o‘tamiz, 29 fevralda Moskvadagi "Oktyabrskoye Pole" metro stansiyasi yonida o‘zbekistonlik Gulchehra Boboqulova kichik yoshli bolaning qotilligida gumon qilinib qo‘lga olingan. Xijob o‘rab olgan qotil qo‘lida tanasidan judo qilingan bolaning boshini ushlab turgan va o‘zini portlatishi bilan tahdid qilgan.
Ayol shu kuni avvalroq o‘zi enaga bo‘lib ishlagan oilaning uyidagi 4 yoshli qizchasini o‘ldirib, uning boshini tanasidan judo qilib, jinoyatni amalga oshirgan uyga o‘t qo‘ygan. Ushbu qotillik yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Guvohlarning aytishicha, ayol bolaning boshi bilan birga metro oldida 20 daqiqaga yaqin yurgan.
Moskvadagi qotil-enaga tergovda o‘z jinoyati sababini aytdi
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ispaniyada ayol nogironlik nafaqasini olish uchun 16 yil o‘zini soqovlikka solib yurgani aniqlandi
Jahon | 16:03
-
Istanbulda o‘zbekistonlik ayol erini o‘ldirishda gumonlanmoqda
O‘zbekiston | 15:56
-
Qashqadaryoda YPX xodimiga faol qarshilik ko‘rsatgan haydovchi qamoqqa olindi
O‘zbekiston | 15:27
-
Sloveniya iqtisodiyoti tarmoqlariga o‘zbekistonlik mutaxassislarni jalb etish boshlanadi
Iqtisodiyot | 14:35
Mavzuga oid

14:52 / 24.03.2025
Toshkentda yosh qizaloqni muttasil kaltaklab kelgan enaga ozodlikdan mahrum qilindi

13:52 / 05.01.2025
Farg‘onada bolaning hayotini xavf ostida qoldirgan enaga ustidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

21:33 / 19.10.2024
Rossiyada go‘dak bolaning o‘limida gumonlanayotgan o‘zbekistonlik enaga hibsga olindi

08:36 / 22.06.2023