Tramp jamoasidagilar endi tez orada sulh bo‘lishiga umid qilmayapti
G‘arb kompaniyalari Rossiyaga qaytishni o‘ylamayapti.

AFP / Scanpix / LETA
Oq uy ma’muriyati yaqin bir necha oy ichida Rossiya va Ukraina o‘rtasida yarashuvga erishish dargumon, deb hisoblamoqda. Bu haqda Reuters agentligi o‘z manbalariga tayanib xabar bergan.
Dastlab AQSh prezidenti Donald Tramp va uning bosh maslahatchilari aprel yoki may oylarida o‘t ochishni to‘xtatishga erishish, keyingi oylarda esa to‘laqonli sulh tuzishga umid qilishgandi. Ammo hozir bu maqsadlarga erishish mumkin bo‘lib ko‘rinmayapti. 25 mart kuni Boltiqbo‘yi davlatlari tashqi ishlar vazirlari bilan o‘tkazilgan yopiq uchrashuvda AQSh davlat kotibi Marko Rubio tinchlik «kafolatlanmagani» va AQSh kelishuv tuzishdan «hali ham yiroqdaligi»ni tan olgan.
Agentlik suhbatdoshlarining so‘zlariga ko‘ra, agar ilgari yuqori martabali rasmiylar ko‘p haftalar davomida Kiyevning pozitsiyasidan norozilik bildirgan bo‘lsa, so‘nggi paytlarda ular Moskva ularning mustahkam tinchlik o‘rnatishga urinishlariga faol qarshilik ko‘rsatayotganiga amin bo‘lib bormoqda.
Vashington Moskvaga qanday bosim o‘tkazishni rejalashtirayotgani hozircha noma’lum. Reuters manbalaridan birining aytishicha, hozirda Oq uydagilar yangi tarif va sanksiya cheklovlari imkoniyatini ko‘rib chiqish davom etmoqda. Biroq, manba ular Rossiya pozitsiyasiga katta ta’sir ko‘rsatmasligini tan oladi.
Dastlab Trampning asosiy maslahatchilari sanksiyalarni yumshatish yoki aksincha, ularni kuchaytirish istiqbollari Moskvani tinchlik kelishuviga yaqinlashtirish uchun yetarli bo‘lishiga umid qilishgan edi, ammo endi ular bunday emasligini tushunib yetishdi.
Avvallari Putin «tinchlik istayotgani»ga ishonch bildirib kelgan Tramp so‘nggi kunlarda o‘z ritorikasini keskin o‘zgartirdi. Intervyularidan birida u Ukrainada vaqtinchalik xalqaro boshqaruv joriy etishni taklif qilgan Rossiya prezidentining so‘zlaridan «juda g‘azablangani»ni aytdi. Tramp Rossiya neftiga qarshi sanksiyalar ustidan nazoratni kuchaytirish bilan ham tahdid qilgan.
Tramp joriy haftada Putin bilan telefon orqali muloqot qilishni rejalashtirayotganini aytgandi. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov zarurat tug‘ilsa, bunday suhbat tezkorlik bilan tashkil etilishi mumkinligini bildirdi.
1 aprel kuni AQSh kongressiga Rossiya tinchlik muzokaralaridan bosh torsa, unga qarshi birlamchi va ikkilamchi sanksiyalar to‘g‘risidagi qonun loyihasi kiritildi. U Rossiya nefti, neft mahsulotlari, tabiiy gaz yoki uranni sotib oluvchi mamlakatlardan import qilish uchun 500 foizlik bojlarni nazarda tutadi. Qonun loyihasiga 100 nafar senatordan 50 nafari (25 nafardan demokrat va respublikachilar) hammualliflik qilgan.
Rossiya hukumati hozircha ketgan kompaniyalar orasida biznesni Rossiya Federatsiyasiga qaytarishni xohlovchilar yo‘qligini tan oldi
Rossiya moliya vazirligi yirik xorijiy kompaniyalardan Rossiyaga qaytish istagini bildiruvchi birorta ham ariza olmagan, deb tan oldi vazir o‘rinbosari Ivan Chebeskov.
«Bizda hozircha bu borada muayyan arizalar yo‘q», – degan rasmiy. Shuningdek, u Rossiyada xorijliklarning biznesdan chiqishi bo‘yicha kelishuvlar amalga oshirilishi davom etayotgani, biroq so‘nggi paytlarda ularning soni kamayib borayotganini ta’kidladi. RBK qayd etishicha, 2024 yilda Rossiyada xorijliklarning chiqib ketishi bo‘yicha 58 ta bitim qayd etilgan, undan bir yil avval esa bu miqdor 97 tani tashkil etgandi.
Rossiya hukumati Rossiya-Ukraina urushini yakunlash va AQSh bilan ikki tomonlama munosabatlarni yaxshilash bo‘yicha muzokaralar boshlangan bir paytda G‘arb biznesini Rossiyaga qaytarish haqida gapira boshlagandi. Shu bilan birga, Rossiya rasmiylari qaytishni istagan kompaniyalarga qo‘shimcha shartlar qo‘yilishi mumkinligini aytmoqda.
Putin mart oyi o‘rtalarida «hamkorlar tashabbusi bilan» tegishli muzokaralar allaqachon olib borilayotganini aytdi va ko‘p o‘tmay hukumatga qaytish uchun «maksimal darajada shaffof» qoidalarni ishlab chiqishni topshirdi.
26 mart kuni Putin Italiyaning Ariston kompaniyasi aktivlarini milliylashtirish to‘g‘risida bir yil avval imzolangan farmonni bekor qildi. Bunday qarorning sabablari rasman aniqlashtirilmagan.
Keyingi kuni Ariston Rossiyada ish boshlaganini e’lon qildi. Ko‘pgina nashrlar buni G‘arbning birinchi yirik kompaniyasining Rossiya bozoriga qaytishi sifatida taqdim etdi, ammo bu unday emas edi: italyan ishlab chiqaruvchisi rasman Rossiya Federatsiyasidan ketmagandi va ishni davom ettirish to‘g‘risidagi bayonot faqat kompaniya endi Rossiya biznesini mustaqil boshqara olishi kontekstida berildi.
Tavsiya etamiz
Toshkentdagi qahvaxonada til bilan bog‘liq holat muhokamalarni keltirib chiqardi
O‘zbekiston | 23:03 / 07.04.2025
Xitoylik tadqiqotchilar Osiyoda yangi zilzilalar kuzatilishidan ogohlantirdi
Jahon | 21:46 / 06.04.2025
Kam ta’minlangan oilalarga elektr va gaz bo‘yicha kompensatsiya beriladi
O‘zbekiston | 14:32 / 06.04.2025
100 ming dollarlik “o‘yin”: Marg‘ilondagi bir jinoyat tafsiloti
Jamiyat | 17:21 / 05.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
YChLda chorakfinal. «Real» «Arsenal» bilan o‘yinda chindan favoritmi?
Sport | 19:34
-
Janubiy Koreya chegarani kesib o‘tgan KXDR askarlariga qarata ogohlantiruvchi o‘t ochdi
Jahon | 18:28
-
Andijonda yuk mashinasi yo‘l bo‘yidagi uyni buzib, ichkariga kirib ketdi
Jamiyat | 18:24
-
Chexiya bosh vazirining X’dagi akkaunti buzib kirildi va u orqali feyk postlar e’lon qilindi
Jahon | 18:21
Mavzuga oid

17:37
Tramp rekord darajadagi AQSh mudofaa budjetini e’lon qildi

16:50
Trampning savdo urushi. Bu jahon iqtisodiyotini tanazzulga olib keladimi?

15:55
AQSh va Eron munosabatlaridagi keskinlashuv. Tehronda qanday variantlar bor?

12:00