Janubiy Koreya chegarani kesib o‘tgan KXDR askarlariga qarata ogohlantiruvchi o‘t ochdi
Shimoliy Koreyaning 10 nafar askari demarkatsiya chizig‘ini kesib o‘tgan. Ogohlantiruvchi o‘qlardan keyin ular o‘z hududiga chekingan.

Foto: AP
Shimoliy Koreyaning 10 nafar askaridan iborat guruh 8 aprel kuni demarkatsiya chizig‘ini qisqa muddatga kesib o‘tdi. Bu haqda Janubiy Koreya Shtab boshliqlari birlashgan qo‘mondonligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, bunga javoban Janubiy Koreya harbiy xizmatchilari bir necha marta ogohlantiruvchi o‘q uzgan.
Qo‘mondonlik xabariga ko‘ra, mazkur hodisa mahalliy vaqt bilan soat 17:00 larda sodir bo‘lgan. Ogohlantiruvchi o‘qlardan keyin KXDR harbiylari chegaraning o‘zlariga qarashli qismiga chekingan.
Oxirgi marta bu kabi holat 2024 yil iyunda sodir bo‘lgandi. O‘shanda Janubiy Koreya KXDR harbiylari bir oy ichida uch marta chegarani buzgani haqida xabar bergan. Janubiy Koreya harbiylarining taxminicha, KXDR askarlari chegarani bexosdan kesib o‘tgan.
Janubiy Koreya o‘tgan yilning iyun oyida Shimoliy Koreya bilan chegarada o‘rnatilgan ovoz kuchaytirgichlar orqali eshittirishlar uzatishni qayta boshlagandi. Bu orqali KXDRning chegaradosh hududlari aholisi Shimoliy Koreya senzurasi nazorati ostida bo‘lmagan yangiliklar va boshqa eshittirishlarni eshitishlari mumkin bo‘ladi.
Mavzuga oid

12:36
Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Mun Chjye In poraxo‘rlikda ayblandi

18:42 / 21.04.2025
Seulda erkak pestitsid purkagich yordamida 21 qavatli binoga o‘t qo‘ydi

16:11 / 20.04.2025
Janubiy Koreya Harbiy-havo kuchlari deyarli barcha parvozlarni to‘xtatdi

08:10 / 19.04.2025