«Paxtakor» Toshkentda «Dinamo»ga yutqazdi, OKMK yaqqol peshqadam
«Sherlar» jamoasi mavsum startida birorta gol urmagan va birorta ochko qo‘lga kiritmagan holda turnir jadvalining so‘nggi pog‘onalarida qolmoqda.

Foto: PFL
27 martdan 29 martgacha futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida 3-tur uchrashuvlari o‘tkazildi.
«Navbahor» – «Andijon» 2:2
Gollar: Zabihillo O‘rinboyev 2, Abbos G‘ulomov 51 – Gilerme Gedesh avtogol 6, Benjamin Teydi 90+7.
«Navbahor» – Umidjon Ergashev, Azimjon Ahmedov (Javohir Abdujabborov, 62), Shohmalik Komilov (Shahzod Toirov, 75), Zabihillo O‘rinboyev (Pedro Augusto, 75), Shahzodbek Ubaydullayev (Alisher Odilov, 62), Saidazamat Mirsaidov, Benjamin Teydi, Sergey Karpovich, Gilerme Gedesh, Abbos G‘ulomov (Ruslan Jiyanov, 80), Igor Gabriel.
«Andijon» – Eldor Adhamov, Islom Mamatkazin, Abdulvohid G‘ulomov, Iskandar Shoyqulov (Altin Kreziu, 68), Mirzad Mehanovich, Islam Mashukov, Abdurahmon Komilov (Doniyor Abdumannopov, 68), Usmonali Ismonaliyev, Muhammadkarim Toirov, Luka Uskokovich, Bektemir Abdumannonov.
Chetlatish: Saidazamat Mirsaidov (90+6) – Mirzad Mehanovich (72).
Turning markaziy uchrashuvi 28 mart kuni «Navbahor» va «Andijon» klublari o‘rtasidagi vodiy derbisi bo‘ldi. Namangandagi bahsda Sergey Lushan shogirdlari 2-daqiqadayoq hisobni ochgandi, ko‘p o‘tmay Gilerme Gedeshning avtogoli sabab hisob tenglashdi – 1:1.
Ikkinchi bo‘limda G‘ulomov 51-daqiqada mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi, keyinroq Mehanovich qizil kartochka olib, mehmonlar bir kishi kam bo‘lib qolishdi. Shunga qaramay, andijonliklar Teydining 90+7-daqiqadagi avtogoli evaziga safardan ochko bilan qaytadigan bo‘lishdi – 2:2.
«Navbahor» yangi mavsumni «Dinamo» bilan durangdan boshlagan (0:0), keyin esa safarda «So‘g‘diyona»dan ustun kelgandi (3:2). Endilikda namanganliklar 5 ochko bilan turnir jadvalining 6-o‘rnida joylashgan. «Andijon» uchun esa taqvim murakkabroq edi, O‘zbekiston kubogining amaldagi sohiblari avvaliga vodiy derbisida debyutant qo‘qonliklar bilan durang o‘ynagan (1:1), keyin amaldagi chempion «Nasaf» bilan ham shunday durang hisob qayd etilgandi (1:1), Namanganda qatorasiga uchinchi durangini qayd etgan jamoa turnir jadvalida hozircha 9-o‘rinda.
«Qizilqum» – OKMK 1:3
Gollar: Elguja Lobjanidze 39 – Islom To‘xtaxo‘jayev 12, Giorgi Papava 51, Nodirbek Abdurazzoqov 75.
Aniq ijro etilmagan penalti: Xurshid G‘iyosov (OKMK, darvozabon) 30.
«Qizilqum» – Farhod Rahmatov, Ilhom Vahobov, Dilshod Komilov, Shahzod Rahmatullayev, Roman Papariga, Jaba Jigauri, Nikola Kumburovich, Farhod Bekmurodov (Alen Mashovich, 74), Diyor Rahmatilloyev (Fayzullo Jumanqo‘ziyev, 74), Dushan Miyich, Elguja Lobjanidze (Davron Anvarov, 80).
OKMK – Javohir Ilyosov, Sardor Rahmonov, Giorgi Papava (Abror Sarimsoqov, 70), Avazbek O‘lmasaliyev, Dilshod Ahmadaliyev (Eldor Begimov, 87), Xurshid G‘iyosov (Asad Sobirjonov, 70), Oybek Rustamov, Islom To‘xtaxo‘jayev, Saidafzalxon Ahrorov, Ajak Riak (Ali Abdurahmonov, 46), Nodir Abdurazzoqov (Arixiro Sentoku, 80).
Olmaliq klubi Samarqandga safar qilib, «Qizilqum»ga qarshi saf tortdi. Uchrashuvda Islom To‘xtaxo‘jayev hisobni ochgan bo‘lsa, 30-daqiqada Xurshid G‘iyosov penaltidan foydalana olmadi. Bo‘lim yakunida esa Navoiy jamoasi hisobni tenglashtirdi.
Ikkinchi bo‘limda esa Mirjalol Qosimov shogirdlari yana ikkita gol urib, mavsumda ketma-ket uchinchi g‘alabaga erishishdi – 3:1.
Olmaliqliklar bundan oldingi turlarda «Buxoro» (2:1) va «Paxtakor»ni (2:0) mag‘lub etgandi, endi jamoa 9 ochko bilan turnir jadvalida yaqqol peshqadamga aylandi, «Qizilqum» hisobida 3 ochko mavjud.
«Bunyodkor» – «Surxon» 3:1
Gollar: Luis Kachorri 43, 90, Imeda Ashortia 74 (pen) – Abdurahmonov 90+8.
«Bunyodkor» – Hamidullo Abdunabiyev, Najmiddin Normurodov, Muzaffar Olimjonov (Sardor Abdunabiyev, 64), Marko Bugarin, Martin Sroler (Rasul Yo‘ldoshev, 85), Nikoloz Mali (Bobur Yo‘ldoshev, 74), Itsuki Urata, Odil Hamrobekov, Imeda Ashortia (Amir To‘raqulov, 85), Luis Kachorri, Aziz Amonov (Asadbek Rahimjonov, 64).
«Surxon» – Dilshod Yo‘ldoshev, Sunnatulloh Hamidjonov, Nodir Nematxonov, Behzod Shamsiyev (Behruz Shukurullayev, 76), Behruz Shaydulov, Doston Tursunov, Dmitriy Pletnev, Asil Jumayev (Kirill Kolesnichenko, 82), Muhammadyusuf Mirqodirov, Abdug‘afur Haydarov, Jahongir Abdusalomov (Muhammadali Abdurahmonov, 82).
Toshkentdagi bahsda Luis Kachorri 43-daqiqada hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limda esa «qaldirg‘ochlar» yana ikkita gol urishga muvaffaq bo‘ldi. 74-daqiqada Ashortia penaltini golga aylantirgan bo‘lsa, 90-daqiqada Kachorri dubl muallifiga aylandi. Endi u 4 gol bilan chempionat to‘purarlari ro‘yxatini boshqarmoqda.
Mehmonlar safida yagona golni qo‘shimcha daqiqalarda Muhammadali Abdurahmonov penaltidan kiritdi.
Bu natijadan so‘ng Ilyos Zeytullayev shogirdlari 7 ochko bilan 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Termiz klubi esa hamon ochko to‘play olmagan holda so‘nggi pog‘onani band etib turibdi.
«Paxtakor» — «Dinamo» 0:1
Gol: Anvarjon Hojimirzayev 60
«Paxtakor»: Jonatan Luis, Shahzod Azmiddinov (Muhammadali O‘rinboyev, 86), Abdulla Abdullayev, Muhammadqodir Hamraliyev, Umar Adhamzoda (Otabek Jo‘raqo‘ziyev, 86), Dostonbek Hamdamov, Bashar Resan (Hojiakbar Alijonov, 72), Sardor Sobirxo‘jayev, Jonatan Lukka (Abdurauf Bo‘riyev, 72), Flamarion Jovino, Igor Sergeyev.
«Dinamo»: Ravshanbek Yagudin, Jahongir O‘rozov, Maqsudxo‘ja A’loxo‘jayev, Ulug‘bek Abdullayev, Fransisko Jurani, Sanjar Qodirqulov (Xislat Halilov, 70), Anvarjon Hojimirzayev (Manuchehr Safarov, 88), Marko Stanoyevich, Mirjahon Mirahmadov, Richard Fraydey (Oybek O‘rmonjonov, 65), Firdavs Abdurahmonov (Muhammadaziz Ibrohimov, 88).
«Paxtakor» o‘z maydonida kutilmaganda «Dinamo»ga yutqazib qo‘ydi.
Uchrashuvning 56-daqiqasida mezbonlar raqib darvozasini ishg‘ol etishgandi, ammo gol ofsayd holati tufayli inobatga olinmadi. Bir necha daqiqa o‘tib mehmonlar hujumchisi, to‘purarlik salohiyatini namoyish etib, Superligada o‘tgan mavsum kashfiyoti bo‘lgan Anvarjon Hojimirzayev o‘z imkoniyatidan unumli foydalandi va g‘alaba golini urdi.
Favorit ustidan qozonilgan g‘alaba evaziga samarqandliklar ochkolari sonini 7 taga yetkazdi va turnir jadvalida 3-o‘ringa joylashdi. Jamoa uch o‘yinda ham o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.
OChLdagi ishtiroki tufayli birinchi turni o‘tkazib yuborgan «Paxtakor» keyingi ikki o‘yinda yutqazdi (2-turda OKMKga 0:2 hisobida) va birorta ochko ololmasdan, turnir jadvalida 15-o‘rinda joylashgan, toshkentliklar to‘plar nisbati evaziga faqat 16-o‘rindagi «Surxon»dan yaxshiroq holatda.
«Mash’al» – «So‘g‘diyona» 1:0
Gol: Islombek Baratov 45+4
«Mash’al» – Doston To‘xtaboyev, Mudasiru Salifu, Samandar Ochilov, Javohir Abdualimov, Islombek Baratov, Sardor Abduraimov (Islom Sharipov, 80), Ibrohim G‘anixonov (Anvar Murodov, 62), Humoyun Murtozayev (Shohnazar Norbekov, 86), Muhammadali Aliqulov, Avazxon Mamatxo‘jayev, Shahboz Jo‘rayev
«So‘g‘diyona» – Muhammadyusuf Sobirov, Zoir Jo‘raboyev, Islom Qobilov (Sardorbek Erkinov, 90+5), Otabek Ahadov, Behruz Jumatov (Umidbek Sultonov, 46), Xondamir Mustafoqulov, Lyupcho Doriyev, Ehsoni Panshanbe (Samandar Mavlonqulov, 77), Javohir Qahramonov, Stanislav Andreyev (Suhrob Izzatov, 56), Nodirjon Soyibov (Luka Jorjyevich, 56)
«Nasaf» – «Neftchi» 0:0
«Nasaf» – Abduvohid Ne’matov, G‘olib G‘aybullayev, Akmal Mozgovoy, Zafarmurod Abdirahmatov, Javohir Sidiqov (Murodbek Rahmatov, 58), Dragan Cheran, Sharof Muhitdinov, Suhrob Nurulloyev (Igor Golban, 68), Husayn Norchayev (Davronbek Usmonov, 68), Shuhrat Muhammadiyev, Oybek Bozorov (Sardorbek Bahromov, 89)
«Neftchi» – Eldorbek Suyunov, Ikromjon Aliboyev (Quvondiq Ro‘ziyev, 85), Abrorbek Ismoilov (G‘ulom-Haydar G‘ulomov, 85), Shohrux Gadoyev (Vladimir Yovovich, 75), Jamshid Iskanderov, Jamshid Boltaboyev, Anvarjon G‘ofurov, Muhsinjon Ubaydullayev, Zoran Marushich (Muhammadali G‘iyosov, 75), Farrux Sayfiyev, Bilolxon Toshmirzayev
Ogohlantirishlar: Gadoyev (12), Abdirahmatov (26 ), Norchayev (45+5), Iskanderov (78).
Turning markaziy uchrashuvlaridan yana biri, bu mavsum uchun chempionlikka da’vogarlar sifatida ko‘rilayotgan «Nasaf» va «Neftchi» ham o‘zaro durang o‘ynadi. Ushbu durang farg‘onaliklar uchun joriy mavsumdagi uchinchisi bo‘ldi. 3-turdan so‘ng jamoa hisobida 3 ochko mavjud. Qarshiliklar esa ikki durang, bir g‘alaba bilan 5 ochko to‘plab turibdi.
«Xorazm» – «Buxoro» 1:4
Gollar: Rustam Abduhamidov (47) — Shohruz Norxonov (11 penalti, 51), Dominik Begich (63), Bilol Tupliyev (90+8).
«Xorazm» – Sardor Qobuljonov, Hazrat Tursunqulov (Sanjar Shoahmedov, 46), Jasur Azimov (Dilshod Jo‘rayev, 61), Murod Bobojonov, Humoyunmirzo Iminov, Vladimir Bubanya, Ixtiyor Toshpo‘latov (Farrux Ibrohimov, 61), Doston Tursunov, Sunnatilla Abdullajonov, Abror Xusinov (Shahrom Samiyev, 68), Rustam Abduhamidov (Fransis Narx, 81).
«Buxoro» – Shirinboy Abdullayev, Ravshan Xayrullayev, Anvar Jo‘rayev (Muhammadsafo Fozilov, 46), Shohruz Norxonov, Frane Chiryak (Albert Nurullayev, 90+2), Muhammad Yo‘ldoshev (Bilol Tupliyev, 74), Yosip Tomashevich (Javohir O‘tamurodov, 79), Dominik Begich (Javohir Ro‘ziyev, 90+2), Marko Kolakovich, Frane Ikich, Shahboz Jo‘rabekov.
Ogohlantirishlar: Abror Xusinov (26), Shohruz Norxonov (30), Doston Tursunov (42), Dominik Begich (86).
«Qo‘qon-1912» – «Sho‘rtan» 0:0
«Qo‘qon-1912» – Aziz Isoqov, Asliddin Toshtemirov, Jasur Yoqubov (Husniddin G‘ofurov, 81), Alisher Salimov, Baxtiyor Qosimov, Shahzod Beshimov (Amed Kobena, 76), Jasur Xolto‘rayev, Zafar Hakimov (Iqbol Malikjonov, 46), Bahrom Abdurahimov (Javohir Husanov, 46), Shahzod Akramov, Muhammadanas Hasanov.
«Sho‘rtan» – Shohrux Eshbo‘tayev, Shohjahon Sultonmurodov, Sirojiddin Qo‘ziyev, Temur Mamasiddiqov, Abror Toshqo‘ziyev, Jo‘rabek Mannonov (Sardor Sa’dullayev, 46), Murodxo‘ja Jabborov (Bekzod Suvonov, 88), Doniyor Narzullayev (Abbos Ergashboyev, 46), Aziz Pirmuhammadov, Asadbek Saitxonov, Kamron Saydazimov.
Ogohlantirish: Kamron Saydazimov (64).
3-turdan keyin turnir jadvalida yuzaga kelgan vaziyat:
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Britaniya universiteti O‘zbekistonda o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yishi mumkin
O‘zbekiston | 12:15
-
Telegraph: Britaniya suvlarida Rossiyaning josuslik datchiklari topildi
Jahon | 12:05
-
Malayziyaning yetakchi aviakompaniyasi O‘zbekistonga muntazam havo qatnovlarini yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 11:55
-
Toshkentda O‘zbekiston va Vetnam siyosiy maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston | 11:31
Mavzuga oid

12:41 / 06.04.2025
«Real» ham, «Barsa» ham chempionlik poygasida qoqildi. Kun o‘yinlari

11:23 / 02.04.2025
«Real» 8 gol urilgan o‘yinda finalga chiqdi, Saka qaytishini gol bilan nishonladi. Kun o‘yinlari

12:09 / 31.03.2025
«Siti» kubok sari ketmoqda, «Barsa» raqiblarga dahshat solmoqda. Kun o‘yinlari

11:58 / 30.03.2025