Qirg‘iziston Tojikiston va O‘zbekiston bilan chegarada nazoratni kuchaytirmoqchi
Qirg‘iziston qirg‘iz-tojik va qirg‘iz-o‘zbek chegaralaridagi ayrim nazorat-o‘tkazish punktlarida transport nazoratini joriy etishni rejalashtirmoqda.

Foto: knews.kg
Qirg‘iziston O‘zbekiston va Tojikiston bilan chegarada transport nazoratini kuchaytirishni rejalashtirmoqda, deb xabar beradi Kazinform. Mamlakat hukumatining bu boradagi tegishli qarori jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.
Qayd etilishicha, hozirda Qirg‘izistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi tashqi chegarasidagi avtomobil transporti nazorati quyidagi nazorat-o‘tkazish punktlarida amalga oshirilmoqda:
- «Torug‘art», «Irkishtom» (Xitoy);
- «Qaramiq «, «Qizil-Bel», «Qulundu» (Tojikiston);
- «Do‘stlik» (O‘zbekiston).
Shu bilan birga, qirg‘iz—tojik va qirg‘iz—o‘zbek davlat chegaralaridagi «Qayrag‘ach», «Bor-Dobo» (Tojikiston), «Qizil-Qiya», «Qora-Bag‘ish» va «Ken-Say» (O‘zbekiston) nazorat-o‘tkazish punktlarida transport nazorati amalga oshirilmaydi.
Mazkur nazorat-o‘tkazish punktlari orqali qo‘shni davlatlar nafaqat ikki tomonlama xalqaro yo‘nalishlarda, balki Tojikiston, Qozog‘iston, Rossiya va boshqa davlatlarga ham yuk tashuvlarini amalga oshirmoqda. Natijada, xalqaro avtomobil qatnovlari bo‘yicha xalqaro kelishuv qoidalari buzilyapti.
Qirg‘iziston hududiga kirish va tranzit qatnovi uchun xorijiy avtotashuvchilar tegishli ruxsatnomalarga ega bo‘lishi shart. Agar avtomobil tashuvlari davomida xalqaro shartnomalar talablari buzilsa, jumladan, tegishli ruxsatnomasiz mamlakat hududiga kirish qoidalariga rioya qilinmasa, bunday tashuvchilarning Qirg‘iziston hududiga kirishi taqiqlanishi mumkin.
Shu munosabat bilan Tojikiston va O‘zbekiston bilan chegaradagi nazorat-o‘tkazish punktlari ro‘yxatiga o‘zgartirishlar kiritish taklif etilmoqda.
Tavsiya etamiz
Zelenskiydan mamnun, Rossiya zarbalaridan hafsalasi pir bo‘lgan. Trampning oxirgi bayonotlaridan asosiy gaplar
Jahon | 16:21 / 28.04.2025
Turkiyalik erkak operatsiyadan keyin ona tilini unutib, boshqa tilda gapirishni boshladi
Jahon | 19:42 / 27.04.2025
Havo isib ketishi va qurg‘oqchilikka tayyor turishimiz kerak – Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 15:55 / 26.04.2025
Muddat qo‘yuvchi Tramp: buning oxiri bormi?
Jahon | 22:09 / 24.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
To‘rtko‘l tumaniga yangi hokim tayinlandi
O‘zbekiston | 14:25
-
Toshkentda mast holatda mashina olib qochgani aytilgan sudya lavozimidan ozod qilindi
O‘zbekiston | 13:59
-
Zo‘ravonlik sodir etishga moyil bo‘lgan pedagog xodimlar ro‘yxati shakllantiriladi
O‘zbekiston | 13:51
-
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50
Mavzuga oid

21:02 / 29.04.2025
Qirg‘izistonda urushga yollashda ayblangan “Rus uyi” xodimi hibsdan qo‘yib yuborildi

17:57 / 29.04.2025
Uch mamlakatning ahilligi timsoli - “Do‘stlik” stelasidan reportaj

17:12 / 29.04.2025
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘l tunneli qurilishi boshlandi

16:52 / 29.04.2025