Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘l tunneli qurilishi boshlandi
Uzunligi 12 km bo‘lgan tunnel Qirg‘izistonning Jalolobod viloyatida qurilmoqda.

Foto: Qirg‘iziston hukumati matbuot xizmati
Qirg‘izistonning Jalolobod viloyatida «Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» xalqaro temiryo‘lining eng muhim elementlaridan biri – tunnel qurilishi boshlandi.
Tantanali tadbirda ishtirok etgan Xitoy va O‘zbekistonning Qirg‘izistondagi elchixonalari vakillari, uch davlat organlari hamda «Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» qo‘shma temiryo‘l korxonasi vakillari ushbu loyiha hamjihatlik, taraqqiyot va kelajakka ishonch timsoliga aylanishiga ishonch bildirdi.
Qurilayotgan tunnelning umumiy uzunligi 12 km. U Jalolobod viloyatining Suzoq tumanidan Norin viloyatining To‘g‘uz-To‘ro tumanigacha davom etadi. Norin va Jalolobod viloyatlarida bir xil uzunlikdagi yana ikkita yirik tunnel qurish rejalashtirilgan.
Qirg‘iziston hududidan o‘tuvchi «Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘li uchastkasining umumiy uzunligi 300 kilometrdan ortiq bo‘ladi, qurilishga jami sarmoya 4 milliard 700 million dollarga baholanmoqda.
Mamlakat uchun strategik va iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgan loyihani amalga oshirishga 20 mingdan ortiq kishi jalb etiladi.
Loyiha doirasida umumiy uzunligi 120 km bo‘lgan 46 ta ko‘prik va 27 ta tunnel qurilishi ko‘zda tutilgan. Shunday qilib, tunnel va ko‘priklar butun temiryo‘l yo‘nalishining 40 foizini tashkil qiladi.
Eslatib o‘tamiz, 2024 yil 27 dekabr kuni «Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘li qurilishini boshlash marosimi bo‘lib o‘tgan, unda Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, Xitoy raisi Si Jinping va O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etgan edi.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00
-
Qanday qilib pulni samarali tejash mumkin?
Iqtisodiyot | 22:05
-
Xitoyda robot it 100 metr masofani 13 soniyada yugurib o‘tdi
Fan-texnika | 21:44
-
NYT: Kiyevda otib ketilgan polkovnik UXX maxfiy bo‘linmasini boshqargan
Jahon | 21:39
Mavzuga oid

21:44
Xitoyda robot it 100 metr masofani 13 soniyada yugurib o‘tdi

20:34
Xitoylik olimlar razvedka va qutqaruv operatsiyalari uchun kiber-ari yaratdi

14:24
Xitoy va O‘zbekiston konteyner tashuvlari bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etdi

22:15 / 10.07.2025