Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zo‘ravonlik sodir etishga moyil bo‘lgan pedagog xodimlar ro‘yxati shakllantiriladi
O‘zbekistonda har yili “25 noyabr - Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kuni” munosabati bilan haftalik o‘tkaziladi.

Illyustrativ foto
Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekistonning 2030 yilgacha bo‘lgan milliy strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ga ko‘ra, hududlardagi ichki ishlar bo‘limi bilan hamkorlikda zo‘ravonlik sodir etgan yoki sodir etishga moyil bo‘lgan pedagog xodimlar, talaba-o‘quvchilarni aniqlash, ro‘yxatini shakllantirish rejalashtirilgan.
Ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish bo‘yicha ta’lim muassasalarida, mahallalarda va boshqa tashkilotlarda turli ma’rifiy tadbirlar o‘tkaziladi.
Qayd etilishicha, ayollarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olishga qaratilgan amaliy va ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish orqali ularning huquqlarini himoya qilish yanada yaxshilanadi.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar mansabdor shaxslari xatti-harakatlarining asosiy tamoyillarini, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarini kuch va o‘qotar qurollarni ishlatishning muqobil choralarini, mojarolarni tinch yo‘l bilan hal qilishni, shuningdek tinch yig‘ilishlar davomida jamoat tartibini ta’minlashda kuch va o‘qotar qurollar ishlatilishini cheklash maqsadida texnik vositalardan foydalanishni o‘rgatish standartlarini o‘z ichiga olgan holda o‘quv treninglar o‘tkazish ko‘zda tutilgan.
Bunda, sohaning o‘ziga xosligini inobatga olgan holda o‘quv moduli ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. O‘quv treninglari tashkil etiladi.
Mavzuga oid

13:39 / 14.07.2025
6 oyda bolalarga nisbatan zo‘ravonlik holati yuzasidan 2 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

15:09 / 08.07.2025
Olti oyda bolalarga nisbatan 60 ta zo‘ravonlik holati aniqlandi

10:23 / 20.06.2025
XMT: Haitida 1,3 mlnga yaqin kishi to‘dalar zo‘ravonligi tufayli uyini tark etdi

08:50 / 21.05.2025