Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyalik erkak operatsiyadan keyin ona tilini unutib, boshqa tilda gapirishni boshladi
Shifokorlarning aytishicha, insult yoki trombozdan keyin bemorlar ba’zida anchadan beri foydalanmay kelgan tilida gapirishni boshlaydi.

Foto: Anadolu Agency
Turkiyaning Konya shahrida yashovchi Rahmi Karademir operatsiya va undan keyin kutilmaganda arteriyasi bekilib qolishi oqibatida ona tilini unutib, faqat dan tilida gapirishni boshladi. Bu haqda shifokorlarga tayanib Anadolu agentligi xabar berdi.
Karademirning tizzasi o‘tgan hafta operatsiya qilingan. Ikki kundan keyin uning o‘ng qo‘l va oyog‘i falajlangan, shuningdek, u tildan qolgan. Shifokorlar tekshiruvidan keyin uning miya arteriyasi bekilib qolgani aniqlangan. Quyulib qolgan qon olib tashlangan va bemorning ahvoli yaxshilana boshlagan. Ammo shundan keyin u faqat dan tilida gapirishni boshlagan, turk tilida esa birorta ham so‘zni talaffuz qila olmagan.
Erkak uzoq yillar — qariyb 20 yil Daniyada yashagan, oxirgi 10 yildan beri Turkiyada istiqomat qilib keladi.
Selchuk universiteti shikofori Gekxan Ozdemirning tushuntirishicha, tibbiyotda bu kabi holatlar kuzatilgan, ammo juda kamdan kam holatda uchrab turadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, insult yoki trombozdan keyin bemorlar ba’zida tillardan birini unutadi yoki anchadan beri foydalanmay kelgan tilida gapirishni boshlaydi.
Mutaxassislarning hisoblashicha, bemor yaqin vaqtlar ichida turkcha nutqini tiklashi mumkin. Karademirning o‘zi tarjimon orqali turk tilini tushunayotgani, ammo hech narsa deya olmayotganini aytgan.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
O‘zbekiston BRIKSning hamkor davlatiga aylandi
O‘zbekiston | 11:41 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00
-
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari 6 oy ichida ilk marta kamaydi
Iqtisodiyot | 21:57
-
Oq uyning kadrlar bo‘yicha direktori Serxio Gor Toshkentda tug‘ilgan - OCCRP
Jahon | 21:54
-
Eron Xitoydan havo hujumidan mudofaa tizimlarini sotib oldi - OAV
Jahon | 21:29
Mavzuga oid

22:21 / 07.07.2025
Turkiyada otishmada o‘zbekistonlik ayol halok bo‘ldi

20:38 / 07.07.2025
Turkiyalik 12 askar Iroqdagi g‘orda metandan zaharlanib halok bo‘ldi

21:41 / 05.07.2025
Ozarboyjon Rossiya bilan ziddiyat kuchayishini istamaydi – Erdo‘g‘an

16:16 / 05.07.2025