Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistonda urushga yollashda ayblangan “Rus uyi” xodimi hibsdan qo‘yib yuborildi
Qirg‘izistonliklarni Ukrainaga qarshi urushga yollash bilan shug‘ullanganlikda ayblanayotgan O‘shdagi “Rus uyi” xodimi va boshqa gumondorlar Rossiya rasmiylarining aralashuvidan keyin tergov izolyatoridan qo‘yib yuborildi. Ularga nisbatan ehtiyot chorasi uy qamog‘iga o‘zgartirilgan.

Qirg‘izistonda Rossiya armiyasiga yollash bilan shug‘ullanganlikda ayblangan “Rus uyi” xodimi hibsxonadan qo‘yib yuborildi.
Bu – Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari va Rossiya elchisi o‘rtasidagi uchrashuvdan so‘ng yuz berdi.
O‘tgan hafta O‘sh shahrida joylashgan “Rus uyi” xodimi Natalya Sekerina va yana uch kishi qirg‘izistonliklarni Rossiya armiyasiga yollash bilan shug‘ullanganlikda ayblanib hibsga olingan va sud ularni 17 iyungacha hibsda saqlashga qaror qilgan edi.
Ma’lum bo‘lishicha, 25 aprel kuni ushlanganlardan ikki nafari, xususan Natalya Sekerinaga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi uy qamog‘iga o‘zgartirilgan. 28 aprelda qolgan ikki gumonlanuvchi ham tergov izolyatoridan qo‘yib yuborilib, uy qamog‘iga o‘tkazilgan.
Bundan oldin, Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi Qamchibek Toshiyev Rossiyaning Qirg‘izistondagi elchisi Sergey Vakunov bilan uchrashgani haqida xabarlar tarqalgandi. Qirg‘iz matbuotiga ko‘ra, 25 aprel kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuvda tergov qilinayotgan noqonuniy yollash ishi muhokama qilingan.
Natalya Sekerina – Qirg‘iziston fuqarosi. U “Rus uyi”da shtatdan tashqari xodim bo‘lib ishlagan. Undan tashqari, noqonuniy yollash ishi bo‘yicha O‘sh hokimligi matbuot xizmati xodimi Sergey Lapushkin, rossiyalik bloger Viktor Vasilev va ismi oshkor etilmagan yana bir shaxs ham ayblanmoqda.
Ish Qirg‘iziston Jinoyat kodeksining 416-moddasi bilan ochilgan. Bu moddaga ko‘ra, boshqa davlatlarning qurolli mojarolarida yoki davlat hokimiyatini ag‘darish yoki hududiy yaxlitligini buzishga qaratilgan zo‘ravonlik harakatlari uchun askar yollash, ularni moliyalashtirish, moddiy ta’minlash, tayyorlash taqiqlanadi. Bu modda bo‘yicha aybdor deb topilganlar 7 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinadi.
Mazkur jinoyat ishining ochilishi Moskvadagi jamoat hammomida qirg‘izistonliklar tahqirlanishi ortidan ro‘y bergani bu go‘yoki Qirg‘izistonning javob chorasi ekani haqidagi gumonlarga sabab bo‘ldi. Ammo ayrim qirg‘iz nashrlari bu ikki holat o‘rtasida bog‘liqlik yo‘qligini yozib chiqdi.
“Rus uyi” qanday tashkilot?
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi qoshida Rossotrudnichestvo nomli agentlik faoliyat yuritadi. Agentlik MDH ishlari, xorijda yashayotgan rossiyaliklar masalalari va xalqaro gumanitar hamkorlik bilan shug‘ullanishi belgilangan.
Rossotrudnichestvoning qariyb 80 ta davlatdagi vakolatxonalari “Rus uylari” deb ataladi. Bu muassasalar odatda madaniyat markazi, kutubxona, kurslar va tadbirlar markazi sifatida ishlaydi. Xususan, 9 may kunlari “O‘lmas polk” aksiyalarini tashkil etishda qatnashadi.
Fevral oyi boshida Ozarboyjon rasmiylari Bokudagi “Rus uyi”ni yopishga qaror qilgandi. Bunga Ozarboyjon samolyotining halokatidan keyin ikki o‘rtada sovuqlashgan munosabatlar sabab bo‘lgandi. O‘shanda rus nashlarida halokat bilan bog‘liq ko‘plab dezinformatsiyalar, ozar nashrlarida esa Rossotrudnichestvo josuslikda ayblangan maqolalar chop etilgandi.
Rossotrudnichestvo rahbari Yevgeniy Primakov tez-tez keskin bayonotlari bilan ko‘zga tashlanib turadi. U o‘tgan yili Toshkentdagi maktabda ro‘y bergan voqeani “qabih rusofobiya” deb atagan, undan avval Milliy media assotsiatsiyasi raisi Sherzodxon Qudratxo‘jani rusofobiyada ayblab chiqqandi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Google neyrotarmog‘i yutqazish qo‘rquvi sabab shaxmat o‘ynashdan bosh tortdi
Fan-texnika | 23:22
-
O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tish ballari tasdiqlandi
O‘zbekiston | 22:40
-
Trampdan yangi dedlayn – 50 kun. Bu nima degani?
Jahon | 22:31
-
Braziliya prokuraturasi sobiq prezident Bolsonaruni davlat to‘ntarishiga urinishda aybladi
Jahon | 22:28
Mavzuga oid

18:19 / 10.07.2025
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘li qurilishiga O‘zbekiston kompaniyalari ham jalb qilinishi mumkin

20:58 / 08.07.2025
Rossiya USAID muqobilini tashkil qilmoqchi

14:57 / 07.07.2025
Tojikiston «Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temir yo‘li loyihasiga qo‘shilmoqchi

20:14 / 03.07.2025