Ikki yoshli Xadichaning davolanishiga yaxshi insonlarning yordami zarur
Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani Xayrobod mahallasida yashaydigan 2 yoshli Xadichaning sog‘ligida muammolar kuzatilib, uning bosh qismida suv yig‘ilishni boshlagan. Ko‘zlarining ko‘rish darajasi 65 foiz bo‘lib qolgan.. Uning davolanishi uchun saxiy hamyurtlarimizning moddiy va ma'naviy yordami kerak bo‘lib turibdi.
Shifokorlarning aytishicha, qizaloq o‘sishdan orqada qolishi kuzatilib, uning bosh qismida suv yig‘ilishni boshlagan. Ko‘zlarining ko‘rish darajasi 65 foiz bo‘lib qolgan. Qizaloq o‘zining tanasini tuta olmaydi.
Onasi Dilnoza Soliyeva muxbirimizga shunday hikoya qilib berdi.
«2018 yilda turmushga chiqqanman. Homiladorlik davrida oiladagi doimiy janjallar, nosog‘lom muhit va kuchli stress holati tufayli ko‘p vaqt o‘tmasdan onamning uyiga qaytishga majbur bo‘ldim. Bunday salbiy holatlar oqibatida farzandim Soliyeva Xadicha homiladorlikning 6-oyida tug‘ildi. Tug‘ilgandan so‘ng olti oyligidan boshlab sog‘ligi bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘la boshladi».
Ona yakka-yu yolg‘iz jigargo‘shasini tekshiruvlardan o‘tkazgach, shifokorlar tomonidan zudlik bilan operatsiya qilish va doimiy davolash ishlarini olib borish zarurligi aytiladi. Shundan so‘ng Xadicha bir marta operatsiya qilingan.
«Har uch oyda Samarqand viloyati ko‘p tarmoqli shifoxonasida davolanib chiqamiz, buning uchun 6 mln so‘m, bundan tashqari, har 20 kunda uning umurtqa va oyoq qismida massaj olishi va kunlik davolanish uchun dori-darmonlar talab qilinadi», — deydi Xadichaning onasi Soliyeva Dilnoza.
Ona Soliyeva Dilnozaning o‘zi ishlamaydi. Farzandi bemorligi uchun turmushidan ajralgan ekan. Ayol bemor farzandi bilan onasining uyida istiqomat qilmoqda. Vaqti farzandiga qarash bilan o‘tadi. Oilaning xarajati, yeb-ichish va boshqa barcha xarajatlar uchun mablag‘ uning yolg‘iz ukasi tomonidan topiladi. Barcha topgani davolanishga ketadi.
Hozirda oila saxiy insonlarning ko‘magiga muhtoj. Xadichaning davolanishi, Hindistonda malakali vrachlar ko‘rigidan o‘tishi uchun 4 ming AQSh dollari miqdorida mablag‘ zarur va bor umidlari yaxshi insonlarning yordamidan bo‘lib qolmoqda.
Xayriya mablag‘larini Xadichaning onasi Dilnoza Soliyeva nomiga ochilgan plastik kartalarga o‘tkazib berishingiz mumkin:
UZCARD (Xalq banki): 8600 0610 8533 2566
UZCARD (Agrobank): 8600 0417 7402 2280
VISA CARD (Agrobank): 4187 8000 3035 1365
Shuhrat Yunusov tayyorladi
Tavsiya etamiz
Osiyo kubogi g‘oliblari tantanali kutib olindi - foto
Sport | 23:22 / 21.04.2025
“Gentra – qorong‘ilik timsoli” – Mirshakar Fayzulloyev
O‘zbekiston | 19:25 / 20.04.2025
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Samarqandga keldi
O‘zbekiston | 23:20 / 22.04.2025
-
Qozog‘istonda ota-onasi qaramog‘isiz qolgan bola O‘zbekistonga qaytarildi
Jamiyat | 23:14 / 22.04.2025
-
NASA zondi noodatiy shaklga ega asteroid suratlarini uzatdi
Jahon | 23:01 / 22.04.2025
-
AQSh London muzokaralarida Qrimni Rossiya hududi sifatida tan olishni taklif qiladi - WP
Jahon | 22:46 / 22.04.2025
Mavzuga oid

15:18 / 06.03.2025
“Ezgu Amal” jamg‘armasi yangilangan nizomini e’lon qildi

15:30 / 03.02.2025
O‘zbekistonda “Ona uyi” xayriya loyihasi taqdimoti o‘tkazildi

13:54 / 31.01.2025
AQShda qorbo‘ronli havoda pitssa tashigan kurerga 2 dollar choychaqa berishganidan so‘ng internetda unga 40 ming dollar xayriya yig‘ildi

20:35 / 30.12.2024