“Ezgu Amal” jamg‘armasi yangilangan nizomini e’lon qildi
Jamg‘arma nizomida bolalar saratoniga qarshi kurashda shaxsiy tajribaga ega bo‘lgan ota-onalarni birlashtiradigan ekspert-maslahat organi - Ota-onalar qo‘mitasi tashkil etish, vasiylik kengashi tarkibini kengaytirish, taftish komissiyasi faoliyatini kuchaytirish nazarda tutilgan.

2025 yilning 19 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan “Ezgu Amal” jamg‘armasining bir qator o‘zgarishlar kiritilgan, yangilangan nizomi davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Unda "Ezgu Amal" jamg‘armasida bolalar saratoni kasalligiga chalingan oilalarga yordam berish va xayriya ishlarining samarali mexanizmlarini ishlab chiqishga oid qat’iy qadamlar belgilab berilgan. Jamg‘arma a’zolarini shakllantirish va faoliyatni boshqarish bo‘yicha aniq belgilar kiritilgan va ushbu ishlarga oid shaxsiy tajribaga ega bo‘lgan ota-onalarni birlashtiradigan ekspert-maslahat organi, ya’ni Ota-onalar qo‘mitasi tashkil etilmoqda. Bu qo‘mita Jamg‘arma boshqaruv organlarining benefitsiarlar bilan o‘zaro hamkorligini kuchaytirishga yordam beradi.
Shuningdek, Yangi Nizomga ko‘ra, Vasiylik kengashi 9 kishidan iborat bo‘ladi. Ushbu kengash tarkibiga yangi mutaxassislar va jamoat arboblarini jalb qilish maqsadida tanlov e’lon qilinadi.
Jamg‘armaning faoliyati ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida Taftish komissiyasining faoliyati kengaymoqda. Mustaqil mutaxassis uchun yangi ish o‘rni ochildi, bu Jamg‘arma faoliyatini yanada shaffof va samarali qilishga imkon beradi.
Jamg‘arma ko‘ngillilar harakatini faol rivojlantirishni rejalashtirayotganini e’lon qildi. Ko‘ngillilar xayriya jarayoniga ko‘proq odamlarni jalb qilish uchun maxsus xayriya qutilarini ochish va qayd etishda ishtirok etishlari kutilayotgan bo‘lib, bu ish faoliyatning yanada shaffof va samarali bo‘lishini ta’minlaydi.
Mavzuga oid

16:18 / 12.02.2025
Tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etiladi

07:50 / 04.02.2025
AQSh kompaniyasi O‘zbekiston Milliy investitsiya jamg‘armasi aktivlarini boshqaradi

15:30 / 03.02.2025
O‘zbekistonda “Ona uyi” xayriya loyihasi taqdimoti o‘tkazildi

13:54 / 31.01.2025