Tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etiladi

O‘zbekiston 16:19 354

«Tahliliy va tadqiqotchilik faoliyatini tashkil qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, Tahliliy va tadqiqot tuzilmalari faoliyatini tashkil qilish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash huzurida Tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etiladi.

Jamg‘arma mablag‘lari Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasida alohida ochilgan hisobraqamlarda jamlanadi va Muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan belgilangan tartibda sarflanadi.

Jamg‘arma mablag‘lari quyidagilarga yo‘naltiriladi:

- muvofiqlashtiruvchi kengashning faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha tadqiqotlarni amalga oshirish;

- tahliliy materiallarni tayyorlash va tadqiqotlarni o‘tkazish uchun grantlar ajratish;

- ijtimoiy so‘rovlar va jamoatchilik fikrini o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlarni amalga oshirish.

Jamg‘arma mablag‘lari maqsadli va samarali sarflanishi ustidan nazorat Muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan amalga oshiriladi.

Muvofiqlashtiruvchi kengashga quyidagilarga ruxsat beriladi:

- Jamg‘arma mablag‘larini milliy va xorijiy valutalarda bank depozitlariga joylashtirish;

- grantlar va beg‘araz texnik ko‘mak vositalarini jalb qilish;

- jismoniy va yuridik shaxslarga to‘lov asosida tadqiqotlar natijalari va ma’lumotlar bazalaridan foydalanish hamda tadbirlarda ishtirok etish imkoniyatlarini berish.

Ko‘proq yangiliklar: