Olimlar koronavirusning yana bir jihatini aniqlashdi
San-Fransiskodagi Kaliforniya universiteti va Germaniyadagi Frayburg universiteti olimlari koronavirusdan zararlangan hujayralarda virusga organizmda tezroq tarqalishga imkon beruvchi uzun “paypaslagichlar” paydo bo‘lishi haqidagi xulosaga kelishdi.

Foto: ucsf / Facebook
Olimlar bu “paypaslagichlar”ni o‘ta kuchli mikroskop yordamida olingan suratlarda aniqlashgan.
“Boshqa hujayralarda teshik ochib, hosil bo‘lgan tunnel orqali hujayradan hujayraga o‘tuvchi uzun tolalar mavjud. Bizning taxmin shundan iboratki, bu holat infeksiya tarqalishini tezlashtiradi”, deb aytgan tadqiqot rahbari professor Nevan Krogan. U aniqlangan tolalarni “mudhish paypaslagichlar” deb atagan.
Coronavirus produces ‘sinister’ tentacles in infected cells https://t.co/tWxKmH2t5t
— Financial Times (@FT) June 26, 2020
Tadqiqot mualliflarining aniqlashicha, zararlangan hujayralar sog‘lom qo‘shni hujayralarni zararlash uchun o‘zlarining oqim tolalari yoki filopodiylaridan foydalanadi. SARS-CoV-2’ning bunday yo‘l bilan zararlay olishi uni OIV-infeksiyalari yoki chechak kabi kasalliklarni keltirib chiqaruvchi viruslardan farqlaydi.
Olimlar olingan natija asosida koronavirusga qarshi kurashish uchun saratonni davolashda qo‘llanuvchi dorilarni qo‘llash mumkinligi haqidagi xulosaga kelishgan. Ular bu maqsadda koronavirus yuqtirilgan Afrikaning yashil martishkalari buyraklari hujayralarida tajriba o‘tkazishgan, so‘ngra dorilarni inson o‘pkasida sinashgan.
Bunday vositalardan biri Tayvanda ishlab chiqariluvchi silmitasertib dori vositasi hisoblanadi. Shuningdek, olimlar koronavirusga qarshi kurashda qo‘llash mumkin bo‘lgan shunday dorilar qatoriga 7 ta dorini, jumladan Astellas Pharma yapon kompaniyasining oq qonni davolashda qo‘llanuvchi gilteritinib dorisini kiritishgan.
Tavsiya etamiz
AQSh elchisi o‘zbekistonlik noqonuniy migrantlarga murojaat qildi
O‘zbekiston | 16:53 / 03.04.2025
AQShning yangi bojlari O‘zbekistonga qanday ta’sir qiladi?
Nuqtayi nazar | 14:23 / 03.04.2025
Xorazmda pulini ko‘paytirib berishni aytib, mingdan ortiq odamni chuv tushirgan shaxs ushlandi
Jamiyat | 20:24 / 02.04.2025
Bitta mashinada nuqson topilsa, brendning hamma modellarini yoppasiga taqiqlash to‘g‘rimi?
O‘zbekiston | 20:13 / 02.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Taniqli jurnalist Jasur Hamroyev vafot etdi
Jamiyat | 10:30
-
Toshkentda beton to‘siqqa urilgan BYD yonib ketdi
Jamiyat | 09:52
-
Zelenskiy: Tinchlikparvarlik missiyasini ishchi guruhlar tayyorlaydi
Jahon | 09:27
-
Elektr tarmoqlari korxonasi xodimi 1 mlrd so‘mlik elektrni talon-toroj qildi
Jamiyat | 09:14
Mavzuga oid

00:22 / 25.03.2025
Fransiyalik ayol sun’iy intellekt yordamida o‘zining saratonga chalinganini aniqladi

23:02 / 24.03.2025
Olimlar yorug‘lik yordamida hujayra shaklini boshqarishni o‘rganib oldi

12:27 / 22.03.2025
O‘zbekistonda oqqon va saratonga chalingan bolalar uchun xonadon reabilitatsiya markazi ochildi

12:22 / 05.03.2025