AQShning yangi bojlari O‘zbekistonga qanday ta’sir qiladi?
Amerika tomoni kiritayotgan 10 foizlik boj O‘zbekistondan AQShga eksportning katta qismiga ta’sir qilmasligi mumkin. Iqtisodchi Mirkomil Xolboyevning tushuntirishicha, o‘tgan yili AQShga eksportning 86 foizi xizmatlar hissasiga to‘g‘ri kelgan. Xizmatlar eksporti esa bojga tortilmaydi. Ammo yangi tariflarning ikkilamchi ta’siri sezilishi mumkin.

Foto: REUTERS
AQSh prezidenti Donald Tramp «butun dunyo mamlakatlari uchun o‘zaro bojlar» joriy etilishini e’lon qildi. Xususan, bu bojlar O‘zbekiston uchun 10 foizni tashkil etadi. Iqtisodchi Mirkomil Xolboyev yangi tariflarning O‘zbekistonga qanday ta’sir etishi mumkinligini tahlil qildi.
— 2024 yilda O‘zbekistonning AQSh bilan tashqi savdo aylanmasi 882 mln dollarni tashkil etib, 2023 yilga nisbatan 15,2 foizga oshgan. Bunda AQShga eksport 314,7 mln dollar, import esa 564,3 mln dollarni tashkil etgan. AQShga eksport O‘zbekiston umumiy eksportining 1,2 foiz ulushiga teng.
Bundan tashqari, eksportning asosiy qismi xizmatlar eksporti hisoblanadi. Xususan, 2024 yilda tovarlar eksporti 44,4 mln dollarni tashkil etgan. Ya’ni eksportning 86 foizi xizmatlar eksporti hisobiga shakllangan. Xizmatlar eksporti esa bojga tortilmaydi. Boshqacha aytganda, AQShga eksportimizning 86 foizi kecha e’lon qilingan tariflardan tashqarida. Qolgan 14 foiz eksportimiz esa qo‘shimcha tariflarga tortiladi.
Tovarlar eksportining asosiy qismi ochiqlanmagan tovarlar (bojxona kodi 9999) – 7,9 mln dollar, qimmatbaho metall (7112)- 6,6 mln dollar, alyuminiy 6,6 mln dollar kabi tovarlarga to‘g‘ri keladi.
Umuman olganda, tariflarning O‘zbekistonga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’siri judayam kichik. Birinchidan AQSh mamlakat eksportida yirik savdo hamkor hisoblanmaydi. Ikkinchidan, joriy qilingan bojlar eksport tovarlarining asosiy qismiga ta’sir qilmaydi.
Lekin tariflarning deyarli barcha davlatlarga o‘rnatilgani yaqin kelajakda o‘zining salbiy ta’sirlarini ko‘rsatmasdan qolmaydi. Ya’ni AQSh tomonidan o‘rnatilgan tariflar butun dunyoda, shu jumladan, O‘zbekistonning asosiy hamkorlarida ham o‘sishning sekinlashishiga olib keladi. O‘sishning sekinlashishi esa tabiiyki, tovarlarga bo‘lgan talabni pasaytiradi. Xususan, o‘zi shundoq ham eksportimiz pasayishi davom etayotgan Xitoy, Turkiya, Qirg‘iziston, Tojikiston kabi hamkorlarimizga eksportimiz pasayishi yana tezlashishi yoki o‘sish boshlanishi orqaga surilishi mumkin.
Ammo noaniqliklar sharoitida asosiy eksport tovarimiz bo‘lgan oltinning narxi yangi tarixiy maksimumlarga yetishi kutilmoqda. Ya’ni boshqa tovarlar eksportidagi pasayish oltin eksporti bilan kompensatsiya qilinishi mumkin. Bundan tashqari, Qo‘shma Shtatlar katta iqtisodiyot bo‘lgani sababli, AQSh tomonidan o‘rnatilgan boj global bozorda tovarlar narxini pasaytiradi. Bu esa o‘z navbatida importimizning arzonroq kirib kelishiga olib kelishi mumkin. Bir jihatdan bu monetar siyosat uchun yaxshi shart-sharoitlar yaratsa, ya’ni inflatsiyani jilovlash yo‘nalishida, boshqa tomondan ichki ishlab chiqaruvchilarga kutilmagan raqobatni paydo qilishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Okeanda plastikni «yeyishga» qodir zamburug‘lar topildi
Fan-texnika | 01:40
-
Biotexnologik startap 10 ming yil oldin qirilib ketgan dahshatli bo‘rilarni «qayta yaratdi»
Fan-texnika | 01:09
-
AQShda tornado va suv toshqinlari oqibatida 20 kishi halok bo‘ldi
Jahon | 23:47 / 07.04.2025
-
Toshkentdagi qahvaxonada til bilan bog‘liq holat muhokamalarni keltirib chiqardi
Jamiyat | 23:03 / 07.04.2025
Mavzuga oid

23:47 / 07.04.2025
AQShda tornado va suv toshqinlari oqibatida 20 kishi halok bo‘ldi

21:50 / 07.04.2025
Apple boj joriy qilinishidan oldin AQShga beshta samolyotda iPhone keltirdi

21:43 / 07.04.2025
AQShda 14 yoshli o‘smir yurak kasalliklarini sanoqli soniyalarda aniqlashga qodir ilovani ishlab chiqdi

21:11 / 07.04.2025