Jahon | 07:20 / 24.07.2025
1773
1 daqiqa o‘qiladi

WSJ Trampning press-pulidan chiqarib tashlanadi

The Wall Street Journal gazetasi AQSh prezidenti Donald Trampga Shotlandiyaga safari chog‘ida hamrohlik qiladigan press-puldan chiqarib tashlanadi, deya ma’lum qildi Oq uy. Qaror Trampning Epshteynga maktubi e’lon qilinishi bilan bog‘liq.

Kerolayn Livitt Foto: Hu Yousong/Xinhua/IMAGO

Oq uy The Wall Street Journal gazetasini AQSh prezidenti Donald Trampga Shotlandiyaga safari chog‘ida hamrohlik qiladigan press-puldan chiqarib tashlashini ma’lum qildi. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Livitt ma’lumot berdi.

«The Wall Street Journal'ning yolg‘on va tuhmatli xatti-harakatlari tufayli ular bortdagi 13 ta nashr orasida bo‘lmaydi», dedi Livitt.

Safar 25-29 iyul kunlariga belgilangan. Tramp yozgi ta’tilni Shotlandiyada o‘tkazishi kutilmoqda.

AQSh prezidenti avvalroq The Wall Street Journal va uning egasi, mediamagnat Rupert Merdok ustidan sudga murojaat qilgan edi. Bunga respublikachi prezident tomonidan bolalarga zo‘ravonlik qilishda gumonlanayotgan milliarder Jyeffri Epshteynga yozgan xati haqida xabar berilgan maqola sabab bo‘lgandi.

Mavzuga oid