Taniqli jurnalist Jasur Hamroyev vafot etdi
Shou biznes sohasida uzoq yillardan buyon faoliyat yuritib kelgan jurnalist Jasur Hamroyev vafot etdi.

Foto: Instagram/jasurhamroyev1
Buni Kun.uzʼga marhumning do‘stlari tasdiqlashdi.
Jasur Hamroyev 42 yoshda edi. U qandli diabet kasaliga chalingani va so‘nggi oylarda buyrak yetishmovchiligi dardi bilan og‘rib kelgani ma’lum qilinmoqda.
«Agar biz oddiyroq yashashni va Allohga tavakkal qilishni o‘rgansak, ko‘p tashvishlardan xalos bo‘lamiz. Keling, birgalikda hayotimizga ko‘proq iliqlik kiritaylik, shunda biz ham, yaqinlarimiz ham o‘zlarini xotirjam his qilishlari mumkin. Zero, Alloh taolo bizni har qadamda asraydi, har qanday to‘siqlarni olib tashlaydi va hayotimizni cheksiz rahmatiga to‘ldiradi...» deb yozgan edi u ijtimoiy tarmoqdagi so‘nggi postlaridan birida.
Kun.uz jamoasi jurnalistning vafoti munosabati bilan marhumning oilasiga va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Geosiyosat” muloqoti. O‘zingizni qiziqtirgan savollarga javob oling
Jahon | 18:10
-
Myanmadagi vayronkor zilzila sabablari aytildi
Jahon | 18:09
-
Uzbekistan Airways yana bir LET-L-410 samolyotiga ega bo‘ldi
O‘zbekiston | 18:06
-
Germaniyada maktab o‘quvchilarini urush holatiga tayyorlash tavsiya qilindi
Jahon | 17:31