Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bitta mashinada nuqson topilsa, brendning hamma modellarini yoppasiga taqiqlash to‘g‘rimi?
Xitoyning Leapmotor brendi ostidagi avtomobillarni O‘zbekistonga olib kirish taqiqlangani jamoatchilik faollari tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

O‘zbekistonda Xitoyning Leapmotor brendi ostidagi yengil avtomobillarni sertifikatlash uchun arizalar qabuli to‘xtatildi. Bunga shu brendga tegishli S16 avtomobilida aniqlangan kamchilik sabab sifatida keltirilyapti.
Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasining ma’lum qilishicha, mazkur transport vositasida hosil bo‘ladigan elektromagnit shovqin darajasi ruxsat etilgan chegaradan 16 barobar yuqori ekan.
Jamoatchilik vakillari bu harakatni mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun bozorni tozalashga urinish deb baholayapti
«Moshinbay cheklov rusumbay taqiqqa aylandi»
Iqtisodchi Otabek Bakirov Leapmotor’ga nisbatan kiritilgan taqiq mahalliy kompaniyalarning avtomobili sotilmay qolgani bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligiga e’tibor qaratdi.
«Mana, bahona ham tayyor: bitta moshin modelida «kamchilik» aniqlab, butun bir rusumdagi avtomobillar importi taqiqlanyapti. Bizning-cha, bu ham yetarli bo‘lmasa kerak», deya yozdi iqtisodchi.
«Bitta model uchun butun brendni taqiqlash»
Autodeklarant kanali muallifi ham bitta modelda qandaydir «kamchilik» topib, butun bir brendning importini cheklash mumkinligidan ajablanyapti.
«Texnik jihatdan tartibga solish agentligiga: bir brendning aynan bitta modelida qandaydir «kamchilik» aniqlab, butun bir brend importini chekladinglar.
Nega unda bitta modelning tekshiruv natijalarini barcha ushbu turdagi modellarga tatbiq qilmasdan, hammasini birma-bir xalqni qiynab tekshirib yuribsizlar o‘zi?» deb yozadi kanal muallifi.
«Yevropada sotilayotgan avtomobillarning kamchiligini O‘zbekistonda aniqladik»
Bloger Umid G‘ofurov qariyb 30 yildan beri O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan Damas avtomobilida hech qanday kamchilik topilmay, Yevropa bozoriga ham kirib borgan Leapmotor’dan nuqson chiqqanidan hayratga tushgan.
«Endi O‘zbekistonga Leapmotor olib kelish mumkin emas, sababi kamchiligi bor ekan. Qarang-a, butun dunyoda tan olingan brend. Investorlari ichida kazo-kazo kompaniyalar bor. Yevropada rasman sotilyapti, lekin kamchiliklari bor ekan. Buni biz O‘zbekistonda aniqlabmiz.
Eslatib o‘taman, O‘zbekistonda 30 yildan beri Damas avtomobili ishlab chiqariladi. Mana shu Damasʼda kamchilik yo‘q, har qanday standartlarga javob beradi. Lekin Leapmotor S16 javob bermaydi. Kulaymi yoki yig‘laymi? Mana shu poligonlar yetmagan-da? Men ham borganman o‘sha poligonga. Mashinani olib bordim va qani nima qilarkan deb qiziqdim. Mashinani ikki yoki uch daqiqa qarashdi. Eng qizig‘i, men kirishim mumkin emas, ya’ni haydovchi kiritilmaydi, ichkarida nima bo‘layotganini ko‘rmaydi», dedi u.
Umid G‘ofurov ham Leapmotor bilan bo‘layotgan holatni mamlakatdagi raqobat muhitini yomonlashtirishga qilinayotgan urinish sifatida baholadi.
«Tasodifni qarangki, bu kompaniyaga raqobatchi kompaniya O‘zbekistonda rasman faoliyat olib boryapti. Ular zavod quryapti, deyishyapti. Endi bilmadim, qachon quriladi zavod, ungacha Xitoydan tayyor mashina olib kelyapti. Hech qanday utilizatsiya solig‘i to‘lamayapti. Narxlar oshishi ularga ta’sir ham qilmaydi. Mana, endi bozorini ozgina-ozgina chaqib olgan Leapmotor kamchilikka ega bo‘lib chiqdi. Menga qiziq, keyingi kompaniya qaysi, ya’ni qaysi kompaniyada kamchiliklar aniqlanadi?» deydi u.
Tavsiya etamiz
Yevropa Ittifoqining 18-sanksiyalar paketi Rossiyaga qanday ta’sir qiladi?
Jahon | 23:12 / 21.07.2025
Uy sotib olishda aldanib qolmaslik uchun nimalarga e’tibor qilish kerak?
Ko‘chmas mulk | 16:30 / 21.07.2025
Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinmi?
Ta’lim | 11:29 / 21.07.2025
Davlat OTMga qabul kvotalari tasdiqlandi
Ta’lim | 11:09 / 21.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Chegarasiz biznes: Dubay yagona erkin zona pasportini joriy qildi
Biznes | 14:48
-
O‘zbekiston va Serbiya migratsiya sohasida sheriklikni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 14:37
-
Moskva sudi jurnalist Yuriy Dudni sirtdan hibsga oldi
Jahon | 14:15
-
Mehnatni muhofaza qilish tizimiga xalqaro standartlar joriy etilmoqda
O‘zbekiston | 14:05
Mavzuga oid

20:03 / 22.07.2025
Kun.uz surishtiruvlaridan so‘ng ishonchnomaga avtomobilni chet elga olib chiqishga oid band kiritish taklif etilmoqda

12:30 / 19.07.2025
Yunusobodda 5 kgdan ortiq narkotiklar savdosining oldi olindi

13:40 / 16.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina

19:31 / 15.07.2025