Qorako‘llik tadbirkorning qora kunlari: faoliyatiga hokim to‘sqinlik qilayotgan chog‘da unga tabiat ham talafot yetkazdi
Qorako‘l tumanida faoliyat olib boruvchi «Amirzoda Trade» MChJ rahbari Jo‘rabek Turdiyev Kun.uz tahririyatiga bir necha marta murojaat qilib, unga nisbatan tuman hokimligi tomonidan o‘tkazilayotgan tazyiqlardan shikoyat qilgan edi.
Sayt muxbirlari koronavirus pandemiyasi sharoitida joriy etilgan karantin sababli voqea joyiga bora olmayotgandi. 27 aprel kuni Olot va Qorako‘l tumanida ro‘y bergan kuchli dovul oqibatlarini yoritish uchun 4 may kuni Buxoroga borganimizda Jo‘rabek Turdiyev bilan uchrashdik.
Yosh tadbirkorning hikoya qilib berishicha, unga Qorako‘l tumanining avvalgi hokimi H.G‘oyirov tomonidan ajratib berilgan 0,75 ga yer maydonida tadbirkorlik obekti qurishga ruxsat berilmayapti.
Tadbirkor bu yerda uch qavatli avtomobillar to‘xtash joyi barpo etmoqchi, loyihalar tayyorlanib, kerakli tashkilotlarning ham ruxsati olingan.
Biroq, Olot tumani hokimi bo‘lib ishlaganida mushtumzo‘rligi bilan dovrug‘ qozongan, shu yil fevralida Qorako‘l tumaniga hokim bo‘lib kelgan Sherali Salomov tadbirkordan yerni qaytarishni talab qilmoqda.

Tadbirkor Jo‘rabek Turdiyevning so‘zlariga ko‘ra, loyihalarini viloyat arxitektura va qurilish boshqarmasi ham tasdiqlab bermayapti. Uning aytishicha, buning barchasi u yerni tuman hokimligi zaxirasi qaytarib berishi uchun qilinmoqda.
Tadbirkor pandemiya sharoitida tazyiq o‘tkazish maqsadida tuman hokimi bir necha marta uni ma'muriy qamoqqa olish yuzasidan topshiriq ham berganini ta'kidlaydi.
Tadbirkor Olot va Qorako‘l tumanlarida ko‘p marta homiylik qilgani, unga shu sababli yer berilganini aytmoqda. Qurilishga to‘sqinlik qilinayotgani uchun, qazib qo‘yilgan handaq hozir ulkan chiqindi o‘rasiga aylanib ketgan.
Boz ustiga, 27 aprel kuni ro‘y bergan kuchli shamol uning yangi barpo etilgan, ishga tushirilishiga 2 kun qolgan ishlab chiqarish korxonasiga ham talafot yetkazgan. U mutasaddilardan hech kim unga yordam qo‘lini cho‘zmayotganini aytib o‘tdi. Tadbirkor mazkur korxonani ishga tushirish uchun 3 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ sarflagan. Jumladan, uning temir-beton buyumlar ishlab chiqarish uchun xarid qilib qo‘ygan yuzlab tonna sement mahsulotlari ochiq havoda, yomg‘ir ostida qolib yaroqsiz holga kelgan.
Biz bu borada tuman hokimi Sherali Salomov bilan bog‘lanib, undan izoh olishga harakat qildik. Lekin u vaqti tig‘izroqligini aytib, go‘shakni qo‘ydi.
Tuman hokimlari ish o‘rni yaratayotgan, ishlab chiqarishga yo‘nalgan korxonalarni ochib ishlatayotgan yosh, g‘ayratli tadbirkorlarga sharoit yaratib berishi kerak emasmi?
Prezident Shavkat Mirziyoyev ham 19 may kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida «Birorta tadbirkorning mulki noqonuniy olib qo‘yilsa, hokim faqat ishdan ketish bilan qutulmasligi» haqida ta'kidlab o‘tdi.
Tadbirkor prezidentga murojaat portaliga bu haqida bir necha bor murojaat qilgan. Biznes ombudsman, Bosh vazirning tadbirkorlar xalq qabulxonasiga murojaat qilmagan ekan. Buni u murojaatlar baribir tumanga qaytarib yuborilayotgani, tumandagi mutasaddilar esa murojaatni «yopib» yuborishayotgani bilan izohladi.
Qorako‘l tumani hokimi Sherali Salomov va viloyat arxitektura boshqarmasidagi mutasaddilar nega bunday yo‘l tutishmoqda? Buxoro viloyatidagi mutasaddilardan jo‘yali javob kutib qolamiz.
Kun.uz ushbu vaziyatni kuzatishda davom etadi.
Shuhrat Shokirjonov, Kun.uz maxsus muxbiri.
Faxriddin Hotamov, operator.
Tavsiya etamiz
Migrantlarning pul o‘tkazmalarisiz O‘zbekistonda kambag‘allik 17 foizgacha oshishi mumkin – Jahon banki
Iqtisodiyot | 18:12 / 07.03.2025
Tramp vakillari Zelenskiyning siyosiy raqiblari bilan yashirincha uchrashgan
Jahon | 15:30 / 07.03.2025
AQShning Kiyevga harbiy yordami to‘xtatilishi - bu ukrain armiyasi uchun nimani anglatadi?
Jahon | 18:17 / 06.03.2025
WizzAir O‘zbekistonga amalga oshiradigan reyslarida o‘zbek tilida ham xizmat ko‘rsatadi
O‘zbekiston | 14:01 / 06.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yil boshidan beri Ilon Maskning boyligi 100 mlrd dollarga kamaydi
Jahon | 22:28
-
Isroil G‘azo bo‘yicha muzokaralarni davom ettirish uchun Dohaga delegatsiya yuboradi
Jahon | 21:58
-
Nyu-Yorkda yong‘inlar sabab favqulodda holat rejimi e’lon qilindi
Jahon | 21:23
-
Hamburg aeroporti ish tashlashlar sabab butunlay faoliyatini to‘xtatib qo‘ydi
Jahon | 20:44
Mavzuga oid

22:24 / 02.10.2024
Qorako‘lda mashina urib ketishi oqibatida maktab o‘quvchisi halok bo‘ldi

15:42 / 29.06.2024
“Elektroset” ogohlantirmasdan svetni o‘chirsa, javobgarlikka tortish taklif etilmoqda - biznes ombudsman

08:08 / 10.06.2024
Toshkentda tadbirkorning 325 mln so‘mini o‘zlashtirgan ekspeditor aniqlandi

19:38 / 08.06.2024