Toshkentda tadbirkorning 325 mln so‘mini o‘zlashtirgan ekspeditor aniqlandi 

Jamiyat 08:14 / 10.06.2024 2368

Departamentning Shayxontohur tuman bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi.

Unda, U.M. MChJ haydovchi-ekspeditori E.Yu. buyurtmachilar tomonidan ushbu MChJga qaytarilgan 139 dona turli mahsulotlarni MChJ omborxonasiga qayta kirim qilmasdan, boshqa shaxslarga naqd pulga sotib, tadbirkorning 325,7 mln so‘mini o‘zlashtirish yo‘li talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: