Navoiyda tadbirkorning katta miqdordagi pulini qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
Ular 2 ga yerni rasmiylashtirib berish evaziga tadbirkordan 140 ming AQSh dollari so‘rashgan.

Foto: Prokuratura departamenti
Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining xabar berishicha, D.N. va S.Ya. “N.F.” MChJ rahbari N.ning ishonchiga kirib, ko‘p qavatli turar joy qurish uchun boshqa bir MChJga ajratilgan 2 ga yer maydonini “N.F.” MChJ nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 140 000 AQSh dollari talab qilishgan. Firibgarlar kelishilgan puldan 10 000 AQSh dollarini olgan vaqtida departament hamda DXXning Navoiy viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda qo‘lga olingan. Tezkor tadbir davom ettirilib, ularning sherigi O.R. ham ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid

11:11
“Tezlik juda yuqori bo‘lgan” – Navoiydagi dahshatli YTHga izoh berildi

18:21 / 09.04.2025
Noqulay sharoitlarda ishlovchi ayrim xodimlarga ustama to‘lanadi

09:47 / 17.03.2025
Abduqahhor Mullajonov Navoiy viloyati prokurori etib tayinlandi

09:51 / 09.03.2025