Fidesmo Pay – zamonaviy aksessuar
Fidesmo Pay NFC texnologiyali uzuklar kabi aqlli aksessuarlarni taklif etadi, ular nafaqat kontaksiz to‘lovlarni amalga oshirishga imkon beradi, balki foydalanuvchining shaxsini ham ta’kidlaydi. Ushbu aksessuar zamon talabiga aylanib, yuqori texnologiyani qadrlaydigan har bir kishining maqomi va nafis didini namoyish etuvchi moda taqdimotiga aylanadi.
Garmin Pay – faol hayot kechiruvchilar uchun to‘lov yechimi
Dinamik turmush tarzini olib boradiganlar uchun Garmin Pay ajralmas yordamchi sanaladi. Endilikda Garmin aqlli soatlari va fitnes-trekerlari egalari mashg‘ulotlardan yoki ochiq havoda faol hordiqdan chalg‘imasdan bir harakatda xaridlar uchun to‘lashlari mumkin. Bu yechim tezlik, qulaylik va xavfsizlikni ta’minlab, shu bilan birga faol harakatda qolish imkonini beradi.
Swoo - maksimal foyda keltiradigan universal mobil hamyon
Swoo raqamli hamyonining bir qismi bo‘lgan Swoo Pay xizmati eng keng auditoriya uchun mo‘ljallangan va odatiy hamyonning haqiqiy o‘rnini bosib kelmoqda. Google Play va Huawei AppGallery’da yuklab olish mumkin bo‘lgan Swoo xizmati Android qurilmalari foydalanuvchilariga Visa kartalari qabul qilinadigan istalgan joyda tez va xavfsiz to‘lovlarni amalga oshirish imkonini beradi. Qulaylik va yuqori darajadagi himoyadan tashqari, Swoo Pay foydalanuvchilarga qo‘shimcha imtiyozlar beradi: maxsus bonuslar va eksklyuziv takliflar har bir xaridni eng yaxshi kelishuvga aylantiradi.
Xavfsizlik va texnologik mukammallik
Taqdim etilgan barcha xizmatlar eng ilg‘or xalqaro xavfsizlik standartlari talablariga javob beradi va shaxsiy ma’lumotlarni maksimal darajada himoya qiladi. Tenge Bank to‘lov jarayonini nafaqat qulay, balki har bir mijoz uchun imkoniyatlar darajasida xavfsiz qilish uchun ilg‘or texnologiyalardan foydalanadi.
“To‘lov xizmatlarining butun turkumini ishga tushirish Tenge Bank’ning raqamli transformatsiyasi jarayonida muhim qadami hisoblanadi. Biz turmush tarzining keng doirasiga mos bo‘lgan individual yechimlarni taklif etamiz, ya’ni modani qadrlaydiganlar uchun zamonaviy aksessuarlar, aktiv hayot kechiradiganlar uchun innovatsion yechimlar, ko‘plab odamlar uchun esa universal mobil hamyon,” — deb ta’kidladi Tenge Bank Boshqaruv Raisi o‘rinbosari Oleg Anashev.
Tenge Bank zamonaviy bank texnologiyalaridan foydalangan holda barcha toifadagi korporativ va chakana mijozlarga moliyaviy xizmatlar ko‘rsatayotgan universal bankdir. Bank Qozog‘iston Xalq Bankning (Halyk Bank) sho‘ba filiali hisoblanadi. Halyk Bank Qozog‘istondagi eng yirik tizimni tashkil etuvchi banklardan biri bo‘lib, Halyk Group tarkibiga kiradi va Markaziy Osiyodagi yetakchi moliya institutlaridan biri hisoblanib, keng mijozlar bazasi va filiallar tarmog‘iga ega. Halyk Group chakana va korporativ mijozlarga, kichik va o‘rta biznesga bank xizmatlarining to‘liq spektrini taklif etadi. Halyk Group Gruziya va O‘zbekistonda ham faoliyat yuritadi.
E-mail: info@tengebank.uz
Sahifa | Facebook | Instagram | Telegram
Reklama huquqi asosida