Tenge Bank imkoniyati cheklangan bolalar uchun xayriya tadbirini tashkil etdi

O‘zbekiston 08:06 / 31.10.2024 918

2024 yil 25 oktabr kuni Tenge Bank tomonidan “Mehrli Qo‘llar” xayriya jamg‘armasi va “ Ribambelle ” oilaviy restorani bilan hamkorlikda imkoniyati cheklangan bolalar uchun xayriya mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.

Foto: Tenge Bank

Tadbir dasturidan volontyorlar tomonidan tayyorlangan musiqiy va raqs shoulari, ko‘ngilochar tanlovlar va o‘yinlar o‘rin olgan. Kunning asosiy voqeasi san’at maydoni bo‘lib, u yerda kichik rassomlar “Fasllar” mavzusida yorqin va chiroyli rasmlar chizishgan.

 “Tenge Bank turli xil ijtimoiy loyihalarga alohida e’tibor qaratadi. Quyosh bolalarga katta quvonch va ilhom baxsh etgan bunday bayramni tashkil eta olganimizdan xursandmiz”, - deb ta’kidladi Tenge Bank Boshqaruv Raisi Beibit Faleyev.

Tenge Bank ushbu tadbirni amalga oshirishga katta hissa qo‘shgan barcha mehmonlar, volontyorlar va hamkorlarga samimiy minnatdorchilikni bildiradi. Bank bunday tashabbuslar kelgusida ham davom etib, ko‘plab bolalarga quvonch va ilhom baxsh etishiga umid qiladi.

***

Tenge Bank zamonaviy bank texnologiyalaridan foydalangan holda barcha toifadagi korporativ va chakana mijozlarga moliyaviy xizmatlar ko‘rsatadigan universal bankdir. Bank Qozog‘iston Xalq Bankining (Halyk Bank) shu’ba korxonasi hisoblanadi.

Halyk Bank Qozog‘istondagi eng yirik tizimni tashkil etuvchi banklardan biri bo‘lib, Halyk Group tarkibiga kiradi va Markaziy Osiyodagi yetakchi moliya institutlaridan biri bo‘lib, keng mijozlar bazasi va mavjudlik tarmog‘iga ega.

Halyk Group chakana va korporativ mijozlarga, kichik va o‘rta biznesga bank xizmatlarining to‘liq spektrini taklif etadi. Halyk Group Gruziya va O‘zbekistonda ham faoliyat yuritadi.

E-mail: info@tengebank.uz

Web-cahifa | Facebook | Instagram | Telegram

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: