Snoudenning yoqimtoy messenjeri Misrda to‘sib qo‘yildi

Fan-texnika 08:15 / 21.12.2016 5206

Misr hukumati Signal messenjerini mamlakat ichkarisida to‘sib qo‘ydi. Ushbu qisqa xabarlar ilovasi, Amerika maxsus xizmatlarining sobiq xodimi Edvard Snoudenning fikricha, turdosh ilovalarga qaraganda yaxshiroq himoyalangandir, deb xabar bermoqda Engadget.

Misr foydalanuvchilarining ushbu ilova ishlamayotgani haqidagi ilk xabarlar o‘tgan hafta oxirlarida paydo bo‘lgan. 

Signal ilovasi ishlab chiquvchilari Twitter sahifasida xizmatning chegaralanganini tan olishdi. «Biz o‘tgan hafta oxirida tadqiqot o‘tkazdik va Misr Signal ilovasiga nisbatan senzura qo‘llaganini aniqladik», — deyiladi xabarda. 

Ayni vaqtda, messenjer ishlab chiqaruvchilari taqiqni aylanib o‘tish ustida ishlashmoqda. Ular yaqin haftalarda bu muammoning yechimini taqdim qilishmoqchi. 

 

Ko‘proq yangiliklar: