Jahon | 23:44 / 05.03.2025
6918
2 daqiqa o‘qiladi

Dog‘istonda bola ko‘targan ayolning boshiga muz qulab tushdi (video)

Ayol shoshilinch kasalxonaga yotqizilgan. Voqea yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Dog‘iston poytaxti Maxachqal’ada ko‘p qavatli uy tomidan qulagan muz yo‘lakda bola ko‘tarib ketayotgan ayolning boshiga tushdi. Ayol shoshilinch ravishda kasalxonaga yotqizildi.

3 mart kuni yuz bergan voqea binodagi kuzatuv kameralariga tushib qolgan. Voqea guvohlari ayolga yordamga kelgan. Kasalxonada unga ochiq bosh miya jarohati tashxisi qo‘yildi. Ayolning ahvoli o‘rtacha og‘irlikda deb baholandi. Bola esa faqat tirnalishlar bilan jarohatlangan.

Rossiyaning Dog‘iston bo‘yicha Tergov qo‘mitasi matbuot xizmati holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgani haqida xabar berdi.

Tergovchilar ehtiyotsizlik moddasi bo‘yicha tekshiruv olib bormoqda. Unda maksimal jazo yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilishni nazarda tutadi.

Qo‘mita matbuot xizmati fuqarolarni ob-havo o‘zgarishi bilan bog‘liq xavf-xatarlardan ogohlantirdi hamda uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish tashkilotlari va hokimiyat organlari binolarning tomlarini sumalak, qor va muzliklardan o‘z vaqtida tozalashi zarurligini qayd etdi.

Mavzuga oid