Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Checheniston va Dog‘istonda Telegram bloklandi
Bu huquq-tartibot organlarining tashabbusi bilan xavfsizlikni ta’minlash maqsadida amalga oshirilgan.

Foto: AP
Dog‘iston va Chechenistonda Telegram messenjeri bloklandi. Bu haqda Dog‘iston raqamli rivojlanish vaziri Yuriy Hamzatov ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, messenjer huquq-tartibot organlari tashabbusi bilan xavfsizlikni ta’minlash maqsadida bloklangan.
«Shimoliy Kavkaz federal okrugining ikki mintaqasi — Checheniston va Dog‘istonda Telegramʼning bloklanishi huquq-tartibot organlarining talabiga ko‘ra, federal darajada qabul qilindi», — deydi Hamzatov.
Uning tushuntirishicha, «dushmanlar messenjerdan tez-tez» mamlakat ichidagi vaziyatni beqarorlashtirishda foydalanib keladi. Vazir bunga 2023 yil Mahachqal’a aeroportida sodir bo‘lgan tartibsizlikni misol sifatida keltirgan. Hamzatov mintaqa aholisiga muqobil platformalarda, xususan, «VKontakte» messenjeridan foydalanishni tavsiya qildi. Shu bilan birga, vazir kelajakda cheklovlar olib tashlanishi mumkinligini ham istisno etmadi.
Dog‘istonda Telegramʼga kirish bilan bog‘liq muammolar 2024 yil kuzda ham kuzatilgan. Foydalanuvchilar xabar va mediafayllarni yuklay olmayotganidan shikoyat qilgandi. Messenjer faoliyatidagi uzilishlar nafaqat Dog‘iston, balki Checheniston va Ingushetiyada ham kuzatilgan. Bu Wildberris atrofidagi mojarolar sabab Checheniston yetakchisi Ramzan Qodirov qonli qasos e’lon qilgan senator Sulaymon Kerimovni qo‘llab-quvvatlash postlari keng tarqalgan vaqtda yuz bergan edi. Rossiya raqamli rivojlanish vaziri Maqsut Shadayev o‘shanda «aloqa bilan biror-bir muammolar borligini» rad etgandi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Mashinani jarima maydonchasidan olib chiqish uchun elektron ruxsatnoma olinadi
O‘zbekiston | 09:03
-
Rossiyada yana bir harbiy-dengiz paradi bekor qilindi
Jahon | 08:42
-
Ta’lim muassasalari bazasini rivojlantirishga oid hukumat qarori qabul qilinadi
O‘zbekiston | 08:38
-
Maxsus xizmat: SBU zobitini otib ketgan FSB agentlari o‘ldirildi
Jahon | 08:00
Mavzuga oid

21:42 / 14.07.2025
Bank kartalardan 1 mlrd so‘mga yaqin pullarni o‘zlashtirgan jinoiy guruh qo‘lga olindi

19:42 / 12.07.2025
Durov muvaffaqiyatli kompaniya tashkil qilishning asosiy shartini aytdi

07:41 / 12.07.2025
Dog‘istonda 300 dan ortiq kishi suvdan zaharlandi

08:26 / 01.07.2025