Osiyo velosport konfederatsiyasiga o‘zbekistonlik bosh kotib saylandi
Kozim O‘rinboyxo‘jayev nufuzli konfederatsiyaga rahbarlik qiladi.

Kozim O‘rinboyxo‘jayev
O‘zbekiston velosiped sporti federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Kozim O‘rinboyxo‘jayev Osiyo velosport konfederatsiyasi bosh kotibi vazifasiga saylandi.
Tailandda Osiyo velosport konfederatsiyasining navbatdagi kongressi bo‘lib o‘tdi. Unda qit’aning barcha davlatlaridan delegatlar, milliy velosport federatsiyalari mutasaddilari ishtirok etdi. Kongress davomida 2024 yil davomidagi tadbirlar, musobaqalar tahlil qilindi, 2025 yilgi sport taqvim rejasi tasdiqlandi.
Kongressda Osiyo velosport konfederatsiyasining ijro qo‘mitasi a’zoligiga yangi nomzodlar saylandi.
Delegatlarning taklifi va ovoz berishi natijasida O‘zbekiston velosiped sporti federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Kozim O‘rinboyxo‘jayev Osiyo velosport konfederatsiyasi bosh kotibi vazifasiga saylandi.
O‘rinboyxo‘jayev Kozim Baxtiyorovich 1986 yil 7 noyabr kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan. Turli yillarda O‘zbekiston velosiped sporti federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari, federatsiya bosh kotibi, “Milliy” stadioni direktori lavozimida ishlagan.
Mavzuga oid

11:57 / 28.02.2025
Velosport. 17 yoshli Samira Ismoilova – jahon va Osiyo rekordini o‘rnatdi

15:37 / 16.08.2022
Konya-2021. O‘zbekiston velosport terma jamoasi 11ta medal qo‘lga kiritdi, Olga Zabelinskayada oltin het-trik

15:58 / 30.04.2019
O‘zbekiston terma jamoasi velosport bo‘yicha Osiyo chempionatida 7 medalni qo‘lga kiritdi

15:30 / 19.04.2019