O‘zbekistonda ilk bor velosport bo‘yicha Osiyo chempionati o‘tkaziladi

Sport 15:30 / 19.04.2019 2504

23-28 aprel kunlari O‘zbekistonda ilk bor velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha Osiyo chempionati o‘tkaziladi. Kun.uz’ga ma'lum qilinishicha, poygalarda 32 mamlakatdan 460 nafardan ortiq sportchi ishtirok etadi.
 
Osiyoning kuchli sportchilari va velopoygachilar guruhlari qit'aning eng yaxshi velopoygachilari nomi uchun kurash olib borishadi, shuningdek,  2020 yilda Tokioda bo‘ladigan navbatdagi yozgi Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmalari uchun ham o‘zaro raqobatlashishadi.

Musobaqaga tantanali start berish marosimi Toshkent shahridagi International Hotel Tashkent  mehmonxonasida bo‘lib o‘tadi va Toshkent-G‘azalkent-Chimyon yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshiriladi. 

“Osiyo Chempionatida o‘z jamoangizni qo‘llab-quvvatlang!”, - deyiladi manbada.
 
Chempionat doirasida, shuningdek,  Osiyo velosport konfederatsiyasi kongressi va Butunjahon velosportchilar federatsiyasi  raisi David Laparte va Osiyo velosport konfederatsiyasi raisi Osama Al-Shafar ishtirokidagi Antidoping bo‘yicha seminar ham bo‘lib o‘tadi.

Ko‘proq yangiliklar: